$
11974.02 UZS
-20.08
₽
144.58 UZS
-1.21
€
13432.46 UZS
12.26
31° Kechasi 18°

Miyani qayta ishga tushirishning to‘rt asosiy usuli

00:34 / 07.01.2023

Ko‘pincha atrofdagi voqealar bizni shu qadar charchatadiki, natijada fikr yuritish qiyinlashadi. Bosh miya ko‘p narsaga, jumladan, qayta ishga tushirishga qodir. Inson o‘z miyasiga yangilanish uchun tezroq va samaraliroq bo‘lishga yordam bera oladi.

Zamonaviy odamning kundalik hayoti bu katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ko‘p vazifali rejimda yashash zaruratidir. Bunday yuklanish natijasida konsentrasiya va miyaning ish qobiliyati pasayadi. Rejalashtirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish mumkin emasligini tushunish stressni keltirib chiqaradi, bu esa umuman hayot sifatining pasayishiga olib keladi. Ushbu maqola orqali ushbu muammoni hal qilishning to‘rtta usuli haqida fikr yuritamiz.

Uyqu

Miyaning eng kuchli qayta ishga tushirilishi, albatta, sog‘lom uyqu bilan bog‘liq. Viskonsin universiteti (AQSH) olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sinapslar – neyronlar bir-biriga bog‘langan joylar – uyg‘onish paytida o‘sib boradi va keyin bir kechada 20 foizga qisqaradi va ko‘proq o‘sish hamda o‘rganish uchun joy yaratadi. Shunga ko‘ra, yetarli uyqu bo‘lmasa, bu jarayon sekinlashadi.

Mutaxassis Ariana Xaffington o‘zining eng ko‘p sotilgan “Uyqu inqilobi” kitobida tungi uyquni ta’minlash uchun quyidagi sharoit bo‘lishi kerakligini qayd etgan:

Yotoqxona qorong‘i, sokin va salqin bo‘lishi kerak;
Yotishdan 30 daqiqa oldin elektron qurilmalardan foydalanmalik;
Smartfondan uzoqroqda uxlash;
Soat 14:00 dan keyin tarkibida kofein bo‘lgan narsalarni yemaslik va ichmaslik;
Yotoqxonada ishlamaslik;
Yotishdan oldin dam olish uchun issiq vanna qabul qilish;
Agar uyqudan avval o‘qishni xush ko‘rsangiz, u elektron emas, oddiy kitob bo‘lishi maqsadga muvofiq;
Kun davomida jismoniy faollik.

Avstraliyaning Adelaida universitetida o‘tkazilgan tadqiqot shuni isbotladiki, 30 daqiqalik intensiv mashqlar miyani elastikroq qilib, xotira va o‘rganish qobiliyatini yaxshilaydi.

Meditatsiya

Olimlar uzoq vaqtdan beri meditasiya miyani qayta tiklashning eng yaxshi usullaridan biri ekanligini ta’kidlaydi. Misol uchun, Oregon universiteti (AQSH) professori Maykl Pozner shunday tushuntiradi:

“Meditasiya diqqat, his-tuyg‘ular va o‘z-o‘zini anglashni tartibga solish bilan shug‘ullanadigan miya hududlari tuzilishi hamda funksiyalarida neyroplastik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkinligi isbotlangan”.

O‘z navbatida, nevrolog, yozuvchi va Amerika Neyrologiya akademiyasi direktori Sara Makkey o‘z maqolalaridan birida meditasiyaning ta’sirini batafsil tasvirlab, ular orasida yengillik, yaxshi kayfiyat va farovonlik, shuningdek, tiniq ong asosiy o‘rin tutishini qayd etgan.

Musiqa

Tadqiqotchilarning fikricha, musiqa miyani o‘rganishga, ishlashga va diqqatni jamlashga majbur qiladi. Garchi ko‘p odamlar diqqatni jamlash uchun sukut saqlash kerak, deb hisoblashsa ham, aslida unday emas. Musiqa tinglash miya to‘lqinlarining chastotasini pasaytiradi, bu esa ma’lumotni yaxshiroq qabul qilish va uni tahlil qilish uchun sharoit yaratadi.

Inson miyasi uzoq vaqt davomida bir vazifaga diqqatini jamlay olmaydi. Shu sababdan fondagi sokin musiqa diqqatni jamlash muammosini hal qiladi. Uning ikkita ta’siri bor:

Nur

Ish joyini yoritish ham konsentrasiya va mahsuldorlikka katta ta’sir ko‘rsatadi va bu borada ko‘k rangli chiroq eng yaxshi tanlovdir.

Inson ko‘zida ko‘kning qisqa to‘lqinli soyalarini taniydigan maxsus hujayralar to‘plami (tayoqchalar, konuslar va ipRGC fotoreseptorlari) mavjud. Bu hujayralar tana va miyaga quyosh chiqqani haqida signal yuboradi, so‘ng tanamiz uyqu gormoni – melatoninni haydab yuborishni boshlaydi. Aytgancha, aynan shu sababdan yotishdan oldin gadjetlarni bir chetga surib qo‘yish tavsiya etiladi. Gap shundaki, elektron mobil qurilmalar monitorlari chiqaradigan nur uxlashga imkon bermaydi. Ish vaqtida ko‘k chiroqning bu xususiyatidan foydali maqsad uchun foydalanish kerak.

Ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, muhim vazifani bajarishdan oldin, inson ko‘k chiroq yorug‘ida bir oz vaqt o‘tirishi kerak – bu samarali yo‘lga moslashishga yordam beradi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, qorong‘uda ko‘k yorug‘lik manbayi bilan ishlagan odamlar turli vazifalarni tezroq va yaxshiroq bajarishadi. Bundan tashqari, bu ta’sir ko‘k chiroq o‘chirilgandan keyin ham bir muncha vaqt davom etdi.

Xonaning yorug‘lik darajasi ham miyaning unumdorligiga ta’sir qiladi. Bog‘langan yorug‘lik aqliy faoliyat bilan bog‘liq ba’zi ishlarga e’tibor berishga imkon bermaydi.


salomatlik


														
														Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150-yildan beri sir bölib kelgan skelet XI asr boşlarida yaşagan Vestmi…
10:20 / 03.11.2026

														
														Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 1…
09:58 / 16.10.2026

														
														Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha semizlik 3,7 mln kishining o‘limig…
10:05 / 08.10.2026

														
														Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida vabo yuqtirgani gumon qilingan 27 yoshli ayol pnevmoniyadan vafot etgani ma’lum qilindi. Rosp…
10:15 / 05.10.2026

														
														Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

2-oktabr kuni Moskva yaqinidagi Sheremetevo aeroportining uchib kelish zonasidagi hojatxonadan ayol va yangi tug‘ilgan chaqa…
14:55 / 03.10.2026

														
														Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot manbalarida Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan…
09:45 / 03.10.2026

														
														Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026

														
														“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

So‘nggi paytlarda COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) shtammi haqida xabarlar tarqalmoqda.
10:35 / 17.04.2026

														
														Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Rasmiylar vafot etgan bolalarning uyidan topilgan siroplarni vaqtincha sotishni to‘xtatdi.
20:42 / 03.10.2025

														
														O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

Toshkentdagi xalqaro akademik markaz — mintaqaviy innovatsion markazga aylanmoqda;
17:09 / 26.09.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Xiva, Nurafshon, Ulug‘nor, Toshkent va Ohangaron tumanlari hamda Toshloq t…
09:41 / 09.11.2026
11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:21 / 10.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Özbekistonda mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizli kreditlar ajratilişi rejalaştirilmoqda

Özbekistonda mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizli kreditlar ajratilişi rejalaştirilmoqda

Özbekistonda mahalliy işlab çiqarilgan maişiy texnikalarni xarid qiliş uçun yangi iste’mol kreditlari mexanizmi yölga qöyili…
13:45 / 09.11.2026
“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida muhandislik işlanmalari va dual ta’lim tizimini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko…
13:31 / 09.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
Özbekiston elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlaridan 80 million dollar jalb qildi

Özbekiston elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlaridan 80 million dollar jalb qildi

Özbekistonning beşta elektrotexnika korxonasi öz investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyo…
13:38 / 09.11.2026
Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

7-noyabr kuni Toşkent şahrida 500 kV kuçlanişli yangi «Halqa» podstansiyasiga kuçlaniş berildi. Bu haqda energetika sohasiga…
14:06 / 08.11.2026
Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Ayni paytda Toşkent şahridagi “Hilton” mehmonxonasida III Özbekiston – Rossiya media forumi öz işini boşladi. Özbekiston va …
10:50 / 09.11.2026
Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Samarqand va Guliston şaharlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 995 do…
14:28 / 09.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!