Boston universitetining Regenerativ tibbiyot markazi (CReM) olimlari o‘pka hujayralarini qayta tiklash yo‘lini topdi. Bu kashfiyot amfizem, o‘pka fibrozi va koronavirus bilan kurashishning yangi usullarini shakllantirish imkonini beradi.
Yondashuv shikastlangan o‘pka to‘qimalariga muhandislik hujayralarini implantatsiya qilishning noyob usuliga asoslangan. Buning uchun mutaxassislar birinchi navbatda induksiyalangan pluripotent ildiz hujayralari yordamida transplantatsiya qilishdi. Ushbu hujayralarni qayta dasturlash texnologiyasidan foydalangan holda har qanday bemorning qoni yoki terisidan olish mumkin.
Keyinchalik mualliflar o‘pkada ishlab chiqarilgan hujayralarning uzoq muddatli o‘sishiga e'tibor qaratdilar. Bazal hujayralar transplantatsiyasidan so‘ng, implantlar nafas olish yo‘llarining funksional epiteliysini tashkil etuvchi boshqa turdagi hujayralar uchun asos bo‘lib, bo‘linish orqali mustaqil ravishda o‘zlarining nusxalarini yaratishga kirishdilar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!