$
11903.15 UZS
-62.36
₽
146.75 UZS
0.79
€
13329.15 UZS
-108.12
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda “doimiy propiska” tushunchasi qonunchilikdan butunlay chiqarib tashlanadi

13:39 / 04.02.2022

Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Mazkur qonunni qabul qilishdan maqsad shaxsiy hujjatlari bilan bog‘liq munosabatlarda mavjud muammo va kamchiliklarni, shuningdek, doimiy propiska bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladigan qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etish, amalda bo‘lgan biometrik pasport bilan bog‘liq yangi huquqiy munosabatlar joriy qilinganligi bois qonunchilikni takomillashtirishdan iborat.

Qayd etilishicha, bugungi kunda “propiska” so‘zi ma’nan eskirganligi va ushbu atama fuqarolar ongida “to‘sqinlik qiluvchi”, “erkinlikni cheklovchi” degan tushunchalarni keltirib chiqarmoqda. Shu munosabat bilan, qonun hujjatlardagi “doimiy propiska qilish” va “turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” tushunchalarini “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” va “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” tushunchalariga almashtirilmoqda.

Qonun bilan Prezident qaroriga asosan xorijga chiqish biometrik pasporti joriy qilinganligi sababli qonunchilikka tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, bir qator qonunlarga biometrik pasportga oid ishlatilayotgan tushunchalar kelgusida identifikatsiya ID-kartasi bilan qo‘llanilishi sababli identifikatsiya ID-kartasi tushunchasi kiritish belgilanmoqda.

“Qonun qabul qilinishi natijasida huquqni qo‘llash amaliyotida “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” normalarining bir xilda bo‘lishi hamda bir xil ko‘rinishda qo‘llanilishiga, identifikatsiya ID-kartasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tushunchalar va huquqiy qoidalar moslashtirilishiga erishiladi”, deyiladi Senat xabarida.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Bu ham qiziq

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti …
09:09 / 22.10.2026
Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Shuningdek, Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘olib…
11:13 / 22.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Ziroat Mirziyoyeva 21-oktyabr kuni Samarqandda nutq so‘zlaydi

Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari …
17:36 / 20.10.2026
Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron 22-oktabr kuni Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri yonib ketgani yoki shikastlanganini ma’lum qildi. Hodisalarga Eron …
23:59 / 22.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Ashxobodda tashkil etilgan “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasi menda juda iliq taassurot qoldirdi.
09:19 / 22.10.2026
60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026
Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

Ayrim xizmatlarda hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi

O‘zbekistonda fuqarolar ayrim xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etmasdan, ularning elektron s…
23:52 / 22.10.2026
21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026
Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qoti…
15:55 / 21.10.2026
Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Ukrainaning “Ukrainian News” axborot agentligi seshanba kuni xabar berishicha, mamlakat ichidagi uzoq muddatli elektr uzilis…
17:20 / 20.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!