$
12011.65 UZS
48.49
₽
143.17 UZS
0.84
€
13462.66 UZS
72.3
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonning davlat qarzi qancha ekani ochiqlandi

14:49 / 17.08.2023

O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023-yil 1-yanvar holatiga 29,2 mlrd AQSh dollarni (shundan, davlat tashqi qarzi – 25,9 mlrd AQSh dollari, davlat ichki qarzi – 3,3 mlrd AQSh dollari) yoki yalpi ichki mahsulotga (YIM) nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan sharhda ma’lum qilindi.

“Xususan, davlat qarzining YIMga nisbati 2021-yil boshida 39,0 foizdan (2021-yil yakunida – 38,0 foiz) 2022-yil yakuniga qadar 36,4 foizgacha pasaydi”, — deyiladi sharhda. 

Xalqaro valyuta jamg‘armasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bag‘ishlangan hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi bugungi kunda “mo‘tadil” darajada hisoblanadi.

Quyida davlatning tashqi va ichki qarzlari miqdori keltirilgan (o‘lchov birligi mlrd AQSh dollari ekvivalentida):

Davlat tashqi qarzi — 25,9

  • YIMga nisbatan foizda — 32,25
  • O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i — 19,8
  • Davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i — 6,1

Davlat ichki qarzi — 3,3

  • YIMga nisbatan foizda — 4,1
  • O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha qarz qoldig‘i (trln so‘mda) — 13,0
  • Davlat kafolati ostida jalb qilingan, davlat budjetidan qaytariladigan ichki qarz qoldig‘i — 2,16

Davlat qarzi, jami — 29,2

  • YIMga nisbatan foizda — 36,4 foiz

Davlat ichki qarzi qoldig‘i tarkibida davlat qimmatli qog‘ozlari, davlat tomonidan kafolatlangan ichki qarz hamda davlat budjetidan qaytariladigan ichki majburiyatlar qoldig‘i aks ettirilgan.

Davlat qarzini makroiqtisodiy barqaror darajada saqlash va uni samarali boshqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan choralar hamda milliy valyuta almashuv kursining barqarorligi sharoitlarida respublika iqtisodiyotining yuqori sur’atlar bilan o‘sishining ta’minlanishi natijasida 2021-yildan boshlab davlat qarzining YIMga nisbati barqarorlashishi kuzatilmoqda.

Skrinshot: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Xususan, davlat qarzining YIMga nisbati 2022-yil boshida 38,0 foizdan 2023-yilning 1-yanvar holatiga 36,4 foizgacha pasaydi.

Davlat qarzi 2022-yil davomida 2,9 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa-da, AQSh dollari hisobida yalpi ichki mahsulot tez suratlarda, ya’ni 11,1 mlrd dollarga o‘sganligi tufayli davlat qarzining YIMga nisbati pasaygan.

So‘nggi yillarda davlat qarzini mo‘tadil darajada saqlash va samarali boshqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan choralar hozirda o‘z samarasini bermoqda.

Xususan:

• 2020-yildan boshlab yangi jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi miqdorlarini qonuniy chegaralash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Shundan:

  • O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni bilan 2020-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 5,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilandi.

2020-yilning yakuniga ko‘ra, imzolangan yangi davlat tashqi qarz bitimlarining hajmi 5,35 mlrd AQSh dollarni tashkil etdi.

2021-yildan boshlab, davlat qarzining xavfsiz darajasini hamda yangi jalb qilinadigan davlat ichki va tashqi qarz bitimlariga nisbatan ham chegaralarini qonun darajasida belgilash yo‘lga qo‘yildi.


Bu ham qiziq

Mister Global 2026 g‘olibi aniqlandi: bosh sovrin turkiyalik modelga nasib etdi

Mister Global 2026 g‘olibi aniqlandi: bosh sovrin turkiyalik modelga nasib etdi

Turkiyalik 21 yoshli model Dilxan Divrikli Tailandda o‘tkazilgan Mister Global 2026 xalqaro erkaklar go‘zallik tanlovida g‘o…
16:19 / 15.10.2026
UNICEF O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunni olqishladi

UNICEF O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunni olqishladi

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Joffri Ijumba bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakll…
10:28 / 16.10.2026
Toshkent viloyatida 15 kg narkotik musodara qilindi

Toshkent viloyatida 15 kg narkotik musodara qilindi

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 15 kilogramm giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga …
09:49 / 16.10.2026
Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar peshlavha uchun reklama pasportini rasmiylashtirish talabidan rasman qutuldi.
16:06 / 16.10.2026
Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelishi kutilmoqda

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelishi kutilmoqda

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi 2-noyabr kuni Toshke…
16:35 / 15.10.2026
O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Xodimlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ko‘rilgan choralarni kuzatish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.
09:14 / 16.10.2026
Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

“Мен бугун сизларни кўпроқ мулоқотга таклиф қиламан. Бир нарсани билишларинг керакки, инвестор билан давлат орасидаги Ўзбеки…
15:13 / 16.10.2026
O‘zbekiston va Turkiya ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Turkiya ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Istanbul shahrida O‘zbekiston vakili Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidogu” maktab…
12:23 / 15.10.2026
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gazdan foydalanadigan 3 million 800 ming xonadonni ta’minlash tizimini bosqichma-bosqich xususiy…
15:49 / 16.10.2026
Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 1…
09:58 / 16.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!