O‘zbekistonda 22-sentabr kuni biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lum qildi.
Respublika hududlarida kechasi havo harorati +12…+18 daraja, kunduzi esa +27…+37 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Eng issiq ob-havo Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi. Bu hududlarda havo harorati +32…+37 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.
Tog‘li hududlarda kechasi +10…+15 daraja, kunduzi esa +20…+25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!