Qoraqalpog‘istonga tashrif doirasida Prezident bilan birgalikda hududdagi qator ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida yangi tibbiyot akademiyasi, sanoat korxonalari hamda intensiv bog‘lar faoliyati bilan tanishilib, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar daromadini oshirish bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi.
Shuningdek, energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa yo‘nalishlardagi qator yirik loyihalarga start berildi.
Mazkur loyihalarning aksariyati xorijiy hamkorlar ishtirokida amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘istonga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmining ortishi natijasida hududda yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan loyihalar ko‘lami kengaymoqda.
Tashrif davomida investitsiyalarni yanada ko‘paytirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda yangi yirik loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!