$
12010.45 UZS
-13.16
₽
145.64 UZS
0.1
€
13200.69 UZS
-36.1
31° Kechasi 18°

O‘zPFLda Maydonlar masalasi ko‘tarildi

14:24 / 29.11.2022

Bunda nimalarga e’tibor berilyapti?

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Coca-Cola Superliga hamda Pro liga stadionlarini talab darajasiga olib chiqish ustida ishlayapti. 2022-yilning o‘zida Toshkent, Farg‘ona, Buxoro va Xorazmdagi katta stadionlar qayta foydalanishga topshirildi. Projektor bilan bog‘liq muammolar sabab chempionatning ikki klubiga o‘z arenasida o‘yin o‘tkazishga ruxsat etilmadi.

Kubok finali haqida jamoatchilik fikri iliq bo‘ldi. “Buxoro” arenasiga 2022-yilgi final ishtirokchilari yetib kelgach, ular rasmiy mashg‘ulotda ishtirok etdi. Har ikki tomon rasmiylari, futbolchilar maydonga nisbatan biror e’tiroz bildirmadi. Bu esa final uchrashuvini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishga yordam berdi. Bugun biz mazkur arena maysasini talab darajasiga keltirgan mutaxassis Uchqun Quvonov fikrlari bilan qiziqib ko‘rishni lozim topdik. Mutaxassis 2015-yildan boshlab shu sohada faoliyat olib boradi. U o‘tgan davr mobaynida Qarshi, Namangan, Buxoro va Farg‘onadagi markaziy maydonlarni, shuningdek, Toshkentdagi “Jar” stadioni maydonini talab darajasiga keltirdi. Ayni vaqtda mutaxassis “Bunyodkor” maysasini yaxshilash ishlarini amalga oshirmoqda.

“Futbol maydonlari bilan ishlash juda nozik masala. Chunki bunda tuproqdan tortib, iqlim sharoitiga qadar o‘rganish, futbolning ich-ichiga kirib borish, uni his qilish talab etiladi. Tabiatning qator injiqliklari, parvarish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning mayda xatolari ham katta ishni barbod qilishi mumkin. Biz Qarshidagi maydonni foydalanishga topshirish asnosida bunday muammolarning barchasiga duch keldik. Qarshida yoz juda issiq, hudud cho‘l bilan o‘ralgan, toza ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar bor edi”, — deya gap boshladi Uchqun Quvonov.

“Shundan keyin Yevropa va Osiyodagi stadionlarni yaqindan o‘rganishni boshladik. So‘nggi to‘rt yil ichida Turkiyaning “Beshiktosh”, “Galatasaray”, “Fenerbahche” klublari uy o‘yinlarini o‘tkazadigan arenalarni ipidan ignasiga qadar qarab chiqdik. Keyin Rossiyaning “Lujniki”, “Axmat arena”, “Krasnodar” kabi stadionlarida bo‘lib, mutaxassislar bilan fikr almashdik. BAA safari davomida Otabek Shukurov to‘p suradigan “Sharja” o‘yingohida bo‘ldik, o‘zimizni qiynayotgan qator savollarga javob oldik. Bular qatoriga Saudiyadagi 4 ta stadion, Gruziyaning Batumi shahridagi katta stadion, Myunxendagi mashhur arenani ham qo‘shish mumkin. Ularning hammasidan nimadir oldik, izlandik. Biz bu bilan 4 xil iqlim sharoitida maysani qanday parvarish qilish mumkinligini o‘rgandik”. Mutaxassis fikriga ko‘ra, agar stadion drenaj tizimi hamda poydevori yaxshi bo‘lsa, u kamida 20 yil va hatto undan ko‘p vaqt davomida ham normal holatda ishlab berishi mumkin. Agar maysa parvarishiga jiddiy e’tibor bilan yondoshilsa, yil davomida u to‘liq nazorat qilinsa, vitaminlar bilan oziqlantirilsa, bunday maysa 100 yil davomida ham yashnab turadi. Biroq afsuski, ayrim futbol klublarida, stadionlar rahbarlarida bunday tushunchaning o‘zi yo‘q. Ular maydon holatini tabiatning o‘ziga tashlab qo‘ygan. Bunday ahvolda esa sifatli maydon bo‘lmaydi.

“Buxoroga bizni taklif qilishdi. Bizgacha bo‘lgan ishni ko‘zdan kechirdik, kamchiliklarni aniqladik, viloyat rahbariyatiga barchasini tushuntirib berdik. Bu O‘zPFL talabi edi. Biz 8 oy davomida Buxoroga o‘z texnikamiz, mutaxassislarimizni kiritib, jiddiy ish olib bordik. Aprel oyida O‘zPFL rahbarining o‘zi Buxoroga keldi, barcha masala qayta o‘rganildi va stadion futbol o‘yinlari uchun qayta ochiladigan bo‘ldi”, — deydi mutaxassis.

“Qoidaga ko‘ra, stadion rahbariyati maydonni qabul qilib olgach, unda 1 ta rasmiy uchrashuv o‘tkaziladi va maydon sifati borasida hech qanday e’tiroz bo‘lmasa, biz ishimizni yakunlagan bo‘lamiz hamda ishni topshirib, stadiondan chiqib ketamiz. Biroq Buxoroda havo juda issiq. Biz Qarshida bunday muammolarga duch kelganimiz uchun ishdan qochmadik va rahbariyat iltimosiga ko‘ra butun yoz davomida ham maydon parvarishi bilan shug‘ullandik. Uning holati talab etilgan darajada saqlanib turdi. Shundan keyin O‘zPFL iltimosi bilan final o‘yiniga qadar maydondan texnika va mutaxassislarni olib chiqmadik. Final ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Bizning Buxoroda qiladigan ishimiz qolmadi. Biroq muammo endi boshlanishi mumkin. Chunki stadionning o‘zi bizdan keyin uni parvarish qilishga tayyor bo‘lmasligi mumkin. Odatda har qanday kompaniya maydonda ish boshlagach, unga mahalliy mutaxassislar biriktirilishi, ular oylab ishni o‘rganishi kerak. Chunki kompaniya o‘z ishini yakunlagach, mahalliy mutaxassislar shu ishni davom ettirishi shart. Maydon maysasi nozik va injiq. U tun-u kun e’tibor talab qiladi. Agar ozuqani me’yoridan ko‘p yoki kam bersangiz, suvni noto‘g‘ri taqsimlasangiz, biror noto‘g‘ri parvarish qilsangiz, maydon uch kunda ham holatini o‘zgartirishi mumkin. Qolaversa, maydon keyinchalik ham yaxshi holatda saqlanishi uchun zarur texnika vositalari kerak. Afsuski, Buxoroda bunday texnika yo‘q. Menga ma’lum bo‘lishicha, O‘zPFL rahbari Buxoro viloyati hokimi va BNQIZ rahbari bilan uchrashuvda bu masalani ko‘targan va ular qishga qadar texnika sotib olishga va’da berishgan. Agar shunday qilinmasa, maydon kelasi mavsumda O‘zPFL qo‘yayotgan talab darajasidan chiqishi mumkin”.

O‘zPFL maydon texnikasi masalasida ham ikki yildan buyon bosh qotiradi. Bunday texnika bugunga kelib qator stadionlarda mavjud emas. Biz Andijon, Bekobod, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo maydonlarini o‘rganish jarayonida ham texnika talabini qo‘yganmiz. Mazkur talab 2023-yilgi mavsum oldidan klublar smetasidan o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.

Afsuski, xalqaro o‘yinlardan keyin “Nasaf”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” kabi stadionlar maysasida ham toliqish bor. Endilikda mazkur stadionlar maysa masalasida jiddiy bosh qotirmoqda. AGMK maysani almashtirishi lozim, Namangandagi stadionda esa yangi mutaxassislar ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yib, sal qolsa maydon holatini buzib qo‘yishi mumkin edi. Jizzaxdagi arena maysasi 2023-yil uchun qabul qilinmaydi. Muammolarni to‘liq hal qilish esa vaqt talab etadi.

“Biz Diyor bilan 2017-yilda tanishgandik. Maydon masalasida suhbatlashish uchun u Qarshiga keldi. O‘tgan vaqt davomida hamkorlikda ishlab keldik. So‘nggi 5 yil bilan solishtirsa, maydonlar keskin yaxshilandi. O‘zPFL viloyatlar rahbarlarining stadionlarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish uchun tinimsiz harakat qilayotganidan doim xursand bo‘laman. Albatta birdaniga katta talab qo‘yib bo‘lmaydi. Yo‘qsa, O‘zbekistonda 4-5 ta stadiondan boshqasi qolmaydi. Hammasi bosqichma-bosqich ketyapti. Agar klublar o‘z chiqimlari qatoriga maysa parvarishini ham qo‘shishni odatga aylantirishsa, hammasi yanada yaxshiroq bo‘ladi. O‘zPFL hozir shuning harakatida ekani kishini quvontiradi. Chunki agar siz sifatli futbol ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, buning uchun birinchi navbatda sifatli maydon kerak bo‘ladi”.

Mutaxassis respublikadagi boshqa maydonlar haqida ham fikr bildirdi: “Paxtakor” klubi uzoq vaqt davomida maydonga jiddiy e’tibor berdi va hamkasblarimiz u erda katta hajmdagi ishni bajarishdi. “Lokomotiv” klubi ham tajribali mutaxassislar bilan ishlagan, uning maydoni ham uzoq yillar yaxshi holatda turdi. “Turon” klubini ham shundaylar qatoriga kiritish mumkin. Rahbariyat yaxshi maydon qilish uchun hech narsani ayamadi, ular o‘zlari izlanib, o‘rganib, Yaypanda ajoyib maydon barpo qilishdi. Agar qolgan klublar yoki viloyatlar rahbariyati ham bir yilda bitta maydon uchun kamida 500-600 million so‘m harajat qilish shart ekanligini ongli ravishda tushunib etsa, bizda yaxshi maydonlar ko‘payadi. Qaytaraman, so‘nggi 2 yilda maydonlar masalasida yaxshi o‘zgarishlar bor. Biroq to‘xtab qolmaslik kerak. Chunki kimlarningdir umuman ishlamasligi oqibatida AGMK, “Turon”, “Jar”, “Lokomotiv”, “Paxtakor” kabi klublar to‘p suradigan maydonlarga juda katta zo‘riqish to‘g‘ri kelyapti. Bir joyni to‘g‘irlasang-u, boshqasi shu joyni barbod qilib tursa, bu adolatdan emas”, — deydi Uchqun Quvonov.



														
														18 yoşli futbolçi boşiga töp tegişi oqibatida vafot etdi

18 yoşli futbolçi boşiga töp tegişi oqibatida vafot etdi

Argentinalik 18 yoşli futbolçi Abel Nunes yoşlar örtasidagi futbol uçraşuvida boşiga töp tegişi oqibatida olgan miya jarohat…
10:10 / 17.11.2026

														
														Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonning «Ala-Arça» milliy boğida uzunligi 732 metr bölgan osma şişa köprik quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda milliy …
10:32 / 08.11.2026

														
														Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026

														
														“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi Elit Osiyo çempionlar ligasining 3-turi doirasida Iroqning “Eyr Fors” …
08:35 / 27.10.2026

														
														Angliyaning mashhur klubi Toshkentda akademiya ochishi mumkin.

Angliyaning mashhur klubi Toshkentda akademiya ochishi mumkin.

Angliyaning “Fulhem” futbol klubi Britaniya tajribasi va standartlari asosida Yangi Toshkentda futbol akademiyasini tashkil …
17:05 / 25.10.2026

														
														Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/2027-yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘lishi ku…
15:35 / 19.10.2026

														
														O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?

O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?

Kecha, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, 0:2 hisobida…
16:24 / 07.10.2026

														
														“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

Meliqo‘ziyev chempionlik jangi uchun gonoraridan voz kechmoqchi.
16:09 / 07.10.2026

														
														Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Joriy yilgi Osiyo o‘yinlarida umumiy hisobda O‘zbekiston atletlari 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medalga sazovor…
15:43 / 04.10.2026

														
														Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa turnir yarimfinaliga chiqdi va final yo‘llanmasi uchun bahsda KXDR va Yaponiya …
16:19 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Niderlandiyada qamoqxonalarda joy tugadi: mahbuslar muddatidan oldin ozod qilinadi

Niderlandiyada qamoqxonalarda joy tugadi: mahbuslar muddatidan oldin ozod qilinadi

Niderlandiyada qamoqxonalarda joy yetişmasligi sababli ayrim mahbuslarni muddatidan oldin ozod qiliş tartibi joriy etilmoqda…
10:05 / 17.11.2026
Iordaniyada Telegram messenjeri bloklandi

Iordaniyada Telegram messenjeri bloklandi

Iordaniya hukumati 16-noyabr kuni Telegram messenjeriga kirişni çekladi. Uşbu çora raqamli xavfsizlikni kuçaytiriş, foydalan…
13:57 / 16.11.2026
Putin, Tramp va Si Szinpin uç tomonlama uçraşuv kun tartibini kelişa olmadi — FT

Putin, Tramp va Si Szinpin uç tomonlama uçraşuv kun tartibini kelişa olmadi — FT

Rossiya, AQŞ va Xitoy yetakçilari Vladimir Putin, Donald Tramp va Si Szinpinning 19-noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida öt…
13:59 / 16.11.2026
Andijonda poyezd Damas bilan töqnaşdi

Andijonda poyezd Damas bilan töqnaşdi

Andijon viloyatining Asaka tumanida 16-noyabr kuni temiryöl kesişmasida Damas avtomobilini poyezd urib yubordi. Hodisa oqiba…
14:02 / 16.11.2026
Namanganda 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan 18 yoşli yigit uşlandi

Namanganda 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan 18 yoşli yigit uşlandi

Namangan viloyatining Uyçi tumanida telefon ustaxonasiga eşik qulfini buzib kirib, 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan 18 yoş…
09:47 / 18.11.2026
Jizzaxda tungi klublarning 500 ga yaqin reklamasi qonunga zid deb topildi

Jizzaxda tungi klublarning 500 ga yaqin reklamasi qonunga zid deb topildi

Jizzax şahridagi ikki tungi klubning Instagram sahifalarida joylaştirilgan 500 ga yaqin reklama roligida milliy va oilaviy q…
13:52 / 16.11.2026
Irlandiyada erkak bolta bilan AQŞ harbiy samolyotini işdan çiqardi

Irlandiyada erkak bolta bilan AQŞ harbiy samolyotini işdan çiqardi

Irlandiyaning Şannon aeroportida 48 yoşli erkak bolta bilan AQŞ Milliy gvardiyasiga tegişli C-130 Hercules harbiy samolyotig…
10:58 / 18.11.2026
Surxondaryoda 20 sotix davlat yerini 500 mln sömga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi

Surxondaryoda 20 sotix davlat yerini 500 mln sömga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida davlat zaxirasidagi 20 sotix yaylov yerini 500 million sömga sotişni va’da qilgan fu…
10:16 / 17.11.2026
18-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

18-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Ertaga respublika böylab havo özgaruvçan böladi, keçasi va ertalab ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin.
17:56 / 17.11.2026
Samarqandda çaqaloğini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga şartli jazo tayinlandi

Samarqandda çaqaloğini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga şartli jazo tayinlandi

Samarqand şahrida tört kunlik öğlini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga sud hukmi öqildi. Jinoyat işlari böyiça Samarqa…
10:54 / 18.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!