Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi sanasi ma’lum bo‘ldi
Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Mamlakatda saylovlar endilikda yakshanba emas, chorshanba kunlari o‘tkaziladi.
Mazkur o‘zgarish prezident Sadir Japarov imzolagan qonunga muvofiq kuchga kirdi. Unga ko‘ra, prezident saylovi davlat rahbarining vakolat muddati tugaydigan yilning yanvar oyidagi to‘rtinchi chorshanba kuni o‘tkaziladi.
Shuningdek, Jo‘qorg‘i Kenesh deputatlari saylovi ham amaldagi chaqiriq vakolat muddati yakunlanadigan oyning chorshanba kuniga belgilandi.
Yangi tartib asosida Qirg‘izistondagi navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!