$
11964.27 UZS
-9.75
₽
144.49 UZS
-0.09
€
13323.41 UZS
-109.05
31° Kechasi 18°

Qonun ustuvor, jazo muqarrar

21:03 / 13.01.2026

Toshkent shahar sudi raisi sobiq o‘rinbosari Murodjon Mirzajonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 231-modda 2-qismi, 236-modda 2-qismi bilan hamda jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudining sobiq sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Abidov va Muxtarama Turgunovalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 231-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ish hujjatlariga ko‘ra, A.Shukurov juda ko‘p miqdorda o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish, bezorilik, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatlarini sodir etganligi yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan aybdor deb topilib, unga 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sudlanuvchi A.Shukurov yuqoridagi hukmdan norozi bo‘lib, sudga qilgan apellyatsiya shikoyati apellyatsiya instantsiyasining sudyalari O.Ilhomjonov, M.Abidov va M.Turgunovalar tomonidan ko‘rib chiqilib, birinchi instantsiya sudining hukmini o‘zgartirish, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish to‘g‘risidagi xulosaga kelishgan.

Biroq, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari M.Mirzajonov mansab mavqeidan foydalangan holda, ishni har tomondan, to‘la va xolisona ko‘rilishiga to‘sqinlik qilib, sud ishlariga aralashib, sudyalarga qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazishi oqibatida, sudyalar O.Ilhomjonov, M.Abidov va M.Turgunovalar uning topshirig‘i noqonuniy ekanligini oldindan bila turib, odil sudlovni amalga oshirish va qaror qabul qilishda mustaqil bo‘lsalar-da, javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga amal qilmasdan, birinchi instantsiya sudining hukmini o‘zgartirib, Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, qamoq ehtiyot chorasi bekor qilingan holda, jazoni uzil-kesil 3 yil 3 oy muddatga ozodlikni cheklashga almashtirib, uni sud zalidan qamoqdan ozod etib, og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan noqonuniy va adolatsiz ajrim chiqarishgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, jinoyat ishi doirasida shahar sudi raisi sobiq o‘rinbosari M.Mirzajonov hamda jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudining sobiq sudyalari O.Ilhomjonov, M.Abidov va M.Turgunovalar ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent shahar prokuraturasi protesti asosida A.Shukurovga oid ish shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tafsh ish instantsiyasida ko‘rilib, tegishli ajrim bilan protest qanoatlantirilgan va birinchi instantsiya sudining hukmi o‘zgartirilib, apellyatsiya instantsiyasining ajrimi bekor qilinib, A.Shukurovga 5 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va sud zalidan qamoqqa olinib, unga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlangan.


Bu ham qiziq

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026
Özbekistonda mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizli kreditlar ajratilişi rejalaştirilmoqda

Özbekistonda mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizli kreditlar ajratilişi rejalaştirilmoqda

Özbekistonda mahalliy işlab çiqarilgan maişiy texnikalarni xarid qiliş uçun yangi iste’mol kreditlari mexanizmi yölga qöyili…
13:45 / 09.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda mis işlab çiqariş hajmini 2030-yilga qadar 500 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda Prezident Şavkat…
13:58 / 09.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Samarqand va Guliston şaharlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 995 do…
14:28 / 09.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!