Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “yaxshi armiya” yaratmoqchi ekanini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, u xalqlarni “oʻzini eng demokratik deb ataydigan” davlatlardan himoya qiladi.
“Soʻnggi paytlarda men “yaxshi armiya” yaratish haqida koʻproq oʻylayapman, ular turli davlatlarga koʻchib oʻtishlari va oʻzlarini eng demokratik deb ataydigan mamlakatlar tomonidan tajovuzga uchrayotgan xalqlarni himoya qilishlari mumkin boʻladi”, – degan Ramzan Qodirov.
Qodirovning tushuntirishicha, u dunyoning turli burchaklaridan “maxsus oʻqitilgan” odamlar jamoasini yigʻmoqchi. Uning fikricha, bu armiya tarkibiga “pul uchun emas, tartib uchun” oʻlishga tayyor “vatanparvarlar” kirishi kerak.
Avvalroq Ramzan Qodirov oʻzining harbiy kompaniyasini yaratishni rejalashtirayotganini maʼlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, u bu ishga davlat xizmatidagi ishini tugatgandan keyin kirishmoqchi.
Qayd etish mumkin, Ramzan Qodirov 2007-yildan beri Chechenistonni boshqarib keladi. 2021-yil sentyabrida qayta saylangan Qodirovning vakolat muddati 2026-yilda tugaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!