O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan 23-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbari Belgiya poytaxtida Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston va YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Belgiyaliklar Qiroli Filipp hamda Yevropaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlarining vakillari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!