$
11948.58 UZS
58.63
144.29 UZS
0.36
13793.44 UZS
76
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev tog‘-kon sanoatidagi loyihalar bilan tanishdi

20:02 / 11.01.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir va uran ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti va aholi o‘sishi bilan energiya quvvatlariga talab oshib bormoqda. Bu ehtiyojni ta’minlash uchun barcha manbalar qatori ko‘mir qazib olish hajmi ham kengaytirilmoqda. Oxirgi besh yilda bu ko‘rsatkich yiliga 4 million tonnadan 5 million 300 ming tonnaga oshirildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yurtimiz hududida qariyb 2 milliard tonna ko‘mir zaxiralari mavjud. Davlat rahbari bu salohiyatdan samarali foydalanib, ko‘mir qazib olish hajmini izchil oshirish vazifasini qo‘ygan edi.

Taqdimotda shu borada qilinayotgan ishlar haqida axborot berildi.

Xususan, joriy yilda “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini modernizasiya qilish loyihasi yakunlanadi. Buning evaziga yurtimizda yuqori sifatli ko‘mir qazib olish quvvati 900 ming tonnagacha oshadi.

Prezident “Sharg‘un” va “Boysun” konlarini o‘zlashtirish orqali yuqori sifatli ko‘mir ishlab chiqarishni yanada kengaytirish imkoniyati borligini ko‘rsatib o‘tdi. Bu konlarga investorlarni jalb qilib, yangi loyihalarni amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.

Yurtimiz tog‘-kon sanoati rivojida yana bir muhim manba bu – uran. 2022-yil 14-iyulda “Navoiyuran” davlat korxonasida uran qazib olish hamda qayta ishlash hajmini oshirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilingan edi. Xususan, uni qazib chiqarishni 2030-yilgacha 2 barobarga oshirib, 7,1 ming tonnaga yetkazish choralari belgilangan.

Yig‘ilishda ushbu chora-tadbirlar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Fransiyaning “Orano Mining” kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha ma’lumot berildi. Prezident ushbu hamkorlik doirasida uran qazib olish va qayta ishlash samaradorligini oshirish, qo‘shimcha yangi konlarni aniqlash bo‘yicha loyihalarni jadallashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.


Bu ham qiziq

Toshkentda ijaraga uy izlayotgan talabalarni chuv tushirayotgan firibgarlar paydo bo‘ldi

Toshkentda ijaraga uy izlayotgan talabalarni chuv tushirayotgan firibgarlar paydo bo‘ldi

O‘quv yili boshlanishi arafasida Toshkent shahriga turli hududlardan kelayotgan talabalar va ularning yaqinlarini internetda…
10:43 / 10.08.2026
Ichki ishlar organlarida 10 nafar rahbar lavozimidan ozod etiladi

Ichki ishlar organlarida 10 nafar rahbar lavozimidan ozod etiladi

Yana 7 nafar rahbarga qattiq intizomiy jazo qo‘llash, 3 nafarining esa lavozimida qolish-qolmasligini ko‘rib chiqish belgila…
17:06 / 12.08.2026
Sharbat qutisidagi narkotik o‘ramlar ortidan 3,15 kg dan ziyod giyohvandlik vositalari aniqlandi

Sharbat qutisidagi narkotik o‘ramlar ortidan 3,15 kg dan ziyod giyohvandlik vositalari aniqlandi

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi xodimlari tomonidan giyohvandl…
16:18 / 12.08.2026
Tramp Erondan kelgan tahdid sabab Turkiyadan yashirincha harbiy samolyotda uchib ketgan

Tramp Erondan kelgan tahdid sabab Turkiyadan yashirincha harbiy samolyotda uchib ketgan

AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning iyul oyida Turkiya poytaxti Anqarada o‘tkazilgan NATO sammitidan so‘ng mamlakatni…
11:52 / 11.08.2026
Aziz Hakimov 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Aziz Hakimov 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining yopiq sud majlisi yakunida Aziz Hakimovga doir jinoyat ishi yuzas…
17:39 / 11.08.2026
Surxondaryoda ikki YPX xodimiga tan jarohati yetkazildi

Surxondaryoda ikki YPX xodimiga tan jarohati yetkazildi

Surxondaryoning Angor tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan ikki nafar YPX xodimiga fuqarolar tomonidan tan jarohati yetka…
09:33 / 11.08.2026
Qimorni reklama qilgan o‘zbekistonlik bloger xalqaro qidiruvga berildi

Qimorni reklama qilgan o‘zbekistonlik bloger xalqaro qidiruvga berildi

“Maxa.dxb” taxallusi bilan Qozog‘istonda faoliyat yuritgan o‘zbekistonlik bloger Mahmud Hikmatov noqonuniy internet-kazinola…
14:18 / 10.08.2026
O‘zbekistonda 13-avgust, payshanba kuni harorat 43 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda 13-avgust, payshanba kuni harorat 43 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 metr…
17:35 / 12.08.2026
Ronalduning muxlislari to‘yda adashib qoldi

Ronalduning muxlislari to‘yda adashib qoldi

8-avgust kuni Krishtianu Ronalduning minglab muxlislari OAV xabarlariga ishonib, Portugaliyaning Madeyra orolida butunlay bo…
16:55 / 10.08.2026
Toshkentda Telegram orqali narkosavdo qilgan ikki shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda Telegram orqali narkosavdo qilgan ikki shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Telegram orqali narko…
14:16 / 11.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!