Xabaringiz bor, joriy yilning 3-avgust kuni AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. “Riyadh Season Card” oqshomida turnirning markaziy jangi amerikalik mutlaq jahon chempioni Terens Krouford hamda WBA kamari sohibi Isroil Madrimov o‘rtasida o‘tkaziladi.
Mazkur oqshomning anderkardi aynan 31-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. O‘sha kuni dastlab, Terens Krouford va Isroil Madrimov ishtirokida ochiq mashg‘ulot o‘tkaziladi. Keyin esa anderkarddan o‘rin olgan uchta jang tashkil etiladi. Ushbu janglarning birida Shahram G‘iyosov meksikalik Migel Perraga qarshi jang olib boradi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Shahram G‘iyosov professional boksda 15 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. Migel Perra esa 27 ta jangda 22 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.
Ertaga, 27-iyul kuni AQShning Michigan shtati Detroyt shahrida yana bir nufuzli professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Oqshom doirasida superyengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev ringga ko‘tariladi. Unga o‘sha kuni amerikalik Julian Smit raqiblik qiladi.
Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, J.Smit bugunga qadar 10 ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan va 2 marotaba mag‘lub bo‘lgan. Sh.Ergashev esa 25 ta jangning 24 tasida g‘alabaga erishgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!