$
11846.57 UZS
37.38
₽
138.95 UZS
0.8
€
13240.91 UZS
34.69
31° Kechasi 18°

Toshkent viloyatida itlarni so‘ygan fuqaro 10 kunga qamaldi

19:08 / 12.03.2023

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi xonadonlarning birida itlarning so‘yilganligi aks etgan video tarqalgan edi.

Mazkur holat Yuqori Chirchiq tumani IIB tomonidan aniqlanib, voqea yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borildi.

Shundan so‘ng, buni sodir etgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi.

Surishtiruvlar natijasida Yuqori Chirchiq tumani “Ahmad Yassaviy” mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro, B.X. o‘zining yashash xonadonida 25 ta itni sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlaganligi va ularni so‘yib kelayotgani aniqlangandi.

“Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyatining ma’lum qilishicha, 11-mart kuni ushbu holat yuzasidan sud majlisi bo‘lib o‘tdi va aybdor shaxsga 10 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Sudda ayblanuvchi B.X. itlarni o‘zi iste’mol qilishi uchun so‘yganini aytgan. Nega uyiga har kuni itlar olib kelingani haqidagi savolga esa javob bera olmagan.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati tuman IIB va Veterinariya bo‘limi hamkorligida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, so‘yilgan itlarning soni va ushbu fuqaroning itlarni so‘yishdan ko‘zlagan maqsadiga oydinlik kiritish jarayoni ketayotganini ma’lum qilgandi.

Volontyorlar 35 ta it va 9 ta kuchukni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. 10 ta it “Kavcheg” boshpanasiga, qolganlari esa “Mehr” markaziga o‘tkazilgan.


Bu ham qiziq

8-oktyabr qanday ob-havo kuzatiladi?

8-oktyabr qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kecha…
16:35 / 07.10.2026
O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi, 319 ta …
15:43 / 09.10.2026
O‘zbekiston noyabr oyida Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston noyabr oyida Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida FIFA kunlari doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi…
11:03 / 08.10.2026
“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 8-oktabr kuni “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan tadbirkor Sanjar Karimovga n…
17:51 / 08.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

9-oktyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kut…
15:35 / 08.10.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi MDHning urug‘chilik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi MDHning urug‘chilik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi

6–8-oktabr kunlari Turkmanistonning Avaza shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining urug‘chilik masalalari bo‘yicha Hukum…
17:27 / 08.10.2026
Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

39 yoshli Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyati davomida uni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga minna…
09:41 / 08.10.2026
Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Yurist, Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalning sobiq raisi, 2008-2014 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy ko…
16:30 / 09.10.2026
Namanganda 12 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisi 2 yilga qamaldi

Namanganda 12 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisi 2 yilga qamaldi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida 12 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan Damas haydovchisi YTH sodir etib, bir bolan…
15:27 / 07.10.2026
“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar…
14:45 / 09.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!