$
11903.15 UZS
-62.36
₽
146.75 UZS
0.79
€
13329.15 UZS
-108.12
31° Kechasi 18°

Toshkentda yana 200 ta elektrobus jamoat xizmatiga qo‘yiladi

10:42 / 04.12.2023

Daryo.uz internet nashri O‘zAga tayanib “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroyi filiallarida 2 ming 17 dona harakat tarkibi mavjud, deb xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shundan 672 donasi dizel yoqilg‘isida (33 foiz), 1 ming 20 donasi tabiiy gaz yoqilg‘isida (50 foiz), 324 donasi elektr energiyasida (17 foiz) harakatlanadi. 2022-2023-yillarda sotib olingan avtobuslarning 58,7 foizi siqilgan tabiiy gazda, 21,4 foizi elektr energiyasida harakatlanadi. Natijada, harakat tarkibining o‘zidan chiqadigan zararli moddalar miqdori 2022-yilda 5,1 ming tonnani, 2023-yilda 4,8 ming tonnani tashkil etgan. 2024-2030-yillarda qo‘shimcha 1 200 dona elektrobus xarid qilish va avtobuslarni tabiiy gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

2024-yilda harakat tarkibini 200 dona elektrobus bilan yangilash orqali zararli moddalar miqdorini yillik 4,6 ming tonnagacha kamayishiga erishish rejalashtirilgan.

Sentyabr oxirlarida Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi BYD kompaniyasi prezidenti va asoschisi Van Chuanfu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilingandi. Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishning amaliy jihatlari, xususan, Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarishni tez fursatda yo‘lga qo‘yish hamda keyingi bosqichlarda uning quvvatini 300 ming donaga yetkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Oktyabr o‘rtalarida esa Toshkent hokimligi Xitoyning BYD avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan 2000 ta elektrobus sotib olish bo‘yicha ramka shartnomasini imzoladi.

 


Bu ham qiziq

Samarqand va Namanganda umra ziyoratini va’da qilib, pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi

Samarqand va Namanganda umra ziyoratini va’da qilib, pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi

Samarqand shahri va Namangan viloyatida fuqarolarni umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, ulardan pul talab qilgan ikki sh…
16:07 / 20.10.2026
21-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

21-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
17:11 / 20.10.2026
23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:50 / 22.10.2026
Ta’lim vaziriga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.

Ta’lim vaziriga xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi.

Prezident qarori bilan, ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovga istisno vakolat berildi: u 2027-yil 1-fevralgacha vazir…
15:38 / 21.10.2026
O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan 558 nomdagi mahsulotning 73 tasi…
11:38 / 20.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi

Ziroat Mirziyoyeva global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi

Mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida aniq natijalar bergan alohida yetakchilik …
10:57 / 22.10.2026
Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Fransiyalik jurnalist, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Didye Labush “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro …
10:18 / 22.10.2026
Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Shuningdek, Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘olib…
11:13 / 22.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Ashxobodda tashkil etilgan “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasi menda juda iliq taassurot qoldirdi.
09:19 / 22.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti …
09:09 / 22.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!