Turkiyada ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini turli maktablarda mutaassib qarashlar singdirilishidan ehtiyot qilishlari so‘raldi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali Istanbulda ayrim xorijiy davlatlar nomi ostidagi o‘zbek bolalariga mo‘ljallangan maktablar reklamasi tarqalmoqda. Bu maktablarda xorijiy tillar, robototexnika, diniy bilimlar, informatika va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘rgatilishi e’lon qilingan.
“Ushbu o‘quv yurtlaridagi diniy darslar Ahli sunna aqidasi asosida ekanligi ta’kidlanishiga qaramay, ayrim o‘qituvchilardagi mo‘tadil islomga zid e’tiqodiy qarashlarning ta’lim oluvchilarga singdirilishi kelgusida jamiyatimizda aqidaviy ziddiyatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini turli maktablarda mutaassib qarashlar singdirilishidan ehtiyot qilishlarini so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!