Pedagoglar o‘rtasida Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining g‘oliblari aniqlandi.
Joriy yilda ilk bor o‘tkazilgan tanlovda respublika bo‘yicha 46 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etdi. Yakunda 208 nafar o‘qituvchi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tanlovda 208 ta tuman va shaharda birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarning har biriga 616 million so‘mdan — bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Tashkilotchilarning qayd etishicha, tanlov pedagoglarni moddiy rag‘batlantirish bilan birga, ularning kasbiy mahoratini oshirish va ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!