$
11778.45 UZS
5.5
₽
138.35 UZS
-2.79
€
13198.93 UZS
-25.62
31° Kechasi 18°

"Ukrainadagi urush yillab davom etishi mumkin"– Xayrullo Umarov, siyosatshunos

17:38 / 14.05.2022

Tinchlik – bu soʻz qanchalar oddiy eshitilmasin, biroq uning mohiyatida naqadar chuqur maʼno aks etgan. Biroq bugun ayrim imperialist davlatlarning manfaati yoʻlida Ukraina aholisining tinchi buzildi. Rossiyaning Ukrainaga nisbatan boshlagan bosqini oqibatida minglab insonlar qurbon boʻldi. Minglab goʻdaklar ota-onasiz, uysiz qoldi. Bugun Ukrainada odamlar yer toʻlalarda, metrolarda “ustimizga bomba tushib qolmasmikan”, degan hayiqish bilan urush ichida hayot kechirishmoqda.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganiga 78 kun boʻldi. Bu vaqt davomida harbiy tahlilchilar janglardan olingan video va fotosuratlarni, sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini muntazam ravishda kuzatib, uni tahlil qilib borishmoqda.

Xoʻsh bugun Ukrainada urush qanday davom etmoqda? Tomonlar qanday taktika va strategiya asosida harakat qilmoqda? Shunga oʻxshash savollarga javob olish maqsadida “Xabardor.uz” siyosatshunos Xayrullo Umarov bilan suhbatlashdik.

— Ukrainadagi urush qariyb 78 kundan beri davom etmoqda. Urushning choʻzilib ketishiga asosiy sabab nima? Rossiya armiyasining urushga puxta tayyorgarlik koʻrmaganimi yoki Ukrainaga Yevropa davlatlarining harbiy yordami?

— Oʻylaymanki, bugungi kunda faqatgina dangasa odam Ukraina haqida fikr yuritmayapti. Urush ham siyosatning bir davomi. Faqat u muzokaralar orqali emas harbiy kuch yordamida amalga oshiriladi. Siyosatda ingliz tilida “power is power”, degan soʻz bor. Yaʼni hokimiyat bu – kuch. Urush kuchlar nisbati teng kelganda yuzaga keladi. Bu urushning yuzaga kelish qoidasi. Urushni yuzaga kelishini qadimdan odamlar oʻrganib kelgan. Bunga misol “Peloponnes urushlari tarixi”, xitoylik sarkarda Sun Zining “Harbiy sanʼati” asari. Bundan tashqari ota-bobolarimiz yaratgan Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Boburning asarlarida ham urush strategiyasi atroflicha koʻrib chiqilgan.

Ukraina-Rossiya oʻrtasida 80 kunga yaqin vaqt davomida urush ketmoqda. Napoleon “urush bu – xaos”, degan edi. Yaʼni urush boshlaganida askarning irodasi va logistikaning samarali ishlashi katta ahamiyat kasb etadi. Tabiiyki Rossiya uzoq yillardan beri urush olib boradi. Shu sababli Rossiya Bosh shtabi urushning dastlabki kunlaridan bu omillarni inobatga olgan. Rossiya tezroq Donetsk va Luganskni egallab olish hamda Belorus orqali poytaxt Kiyevni qoʻlga olib, davlat rahbarini shartnoma imzolashga majbur qilishni koʻzlagan.

— Demak, Rossiya puxta tayyorgarlik asosida urushga kirgan.

— Albatta. Rossiya puxta tayyorgarlik asosida urushga kirgan. Buni inkor etib boʻlmaydi. Geosiyosat fanida imperiya davlatlar bor. Bular; Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya. Bu davlatlarda urushni har doim rejalashtirib boradi.

— Lekin Rossiya urushga puxta tayyorgarlik koʻrgani bilan urush choʻzilib ketdi. Buning asosiy sababi nima?

— Darhaqiqat Ukraina-Rossiya oʻrtasidagi urush choʻzilib ketdi. Koʻplar Ukrainaga bepisandlik bilan qaraydi. Lekin Ukraina Sobiq Sovet Respublikalari ichida harbiy jihatdan ikkinchi oʻrinda turgan. Sababi SSSRning Gʻarbiy front harbiy aslahalari Ukrainada saqlangan. Tabiiyki, Sovet Ittifoqi parchalangach bu qurol-yarogʻlar Ukraina tasarrufiga oʻtdi. Bundan tashqari Yevropa davlatlari Ukrainaga muntazam ravishda oʻq-dori yetkazib bermoqda. Bu ham urushning choʻzilib ketishi sabab boʻlmoqda.

— Ukrainadagi urushni bugungi holatini qanday baholashimiz mumkin?

— Geosiyosat fanida Mackinder tomonidan ilgari surilgan “Heartland” tushunchasi bor. Bu “dunyoni yuragi” deb nomlangan. Mackinder 1937-yilda dunyoni yuragi deb Ukraina va Polshani koʻrsatgan. Keyinchalik 1947-yilda dunyoni yuragi deb Markaziy Osiyo nazarda tutgan. Katta davlatlar oʻrtasida muayyan hududlar boʻladi. Masalan Ukraina, Gruziya va Afgʻonistonda qudratli davlatning manfaati kesishgan. Kesishgan manfaatlar hududida davlat rahbari va organlari oʻzining funksional vazifasini saqlab qoladi. Bufer hududida esa davlat tizimi barbod boʻladi va ichki munozara muntazam ravishda davom etadi. Bunga yaqqol misol Afgʻoniston. Bu yerda 50 yildan beri ichki kurash avj olgan. Aytish mumkinki, Ukraina kesishgan manfaatlar hududdan, bufer hududga aylanib bormoqda. Fikrimcha urush uzoq davom etadi.

— Putin Ukraina bilan uzoq muddat jang olib borishni kutgan boʻlishi mumkinmi?

— Bu savolga javob berishdan oldin “urush nima uchun yuzaga keldi”, degan savolga qaytishimiz kerak. Ayrim soxta siyosatchilar “Putin ertalab turib, choy ichib, urush qilishim kerak ekan deb urush boshladi”, deya taʼkidlashmoqda. Urushni yuzaga kelishining oʻziga yarasha sabablari bor. Birinchidan, siyosiy nuqtai nazardan Ukraina kesishgan manfaatlar hududi. Ikkinchidan, Qora dengiz floti. Ukrainada toʻrt marta rangli inqilob boʻlgan. Bularning asosiy maqsadi Gʻarbparast insonlarni hukumat tepasiga olib kelish va Rossiya bilan boʻlgan shartnomalarni uzishdan iborat boʻlgan. Hozirgi davlat rahbari ham “Qirimdagi Qora dengiz flotini Ukraina hududidan chiqarib yuboraman” degan bayonot berdi. Agar Rossiya Qora dengizdan oʻz flotini chiqarib yuborsa, Qora dengiz NATO tasarrufiga oʻtadi. Uchinchidan, Ukraina hukumatining ongsiz xatosi har qanday davlat rahbari mamlakat ichida birlikni yuzaga keltirish kerak. Ruslar ham, ukrainlar ham bitta xalq.

 — Bugun ukrain xalqi birlashmadimi?

 — Agar ukrain xalq birlashganida bunday holat boʻlmagan boʻlardi. Yaʼni Ukrainaning Gʻarbiy tarafi bir tomon, Sharqiy tarafi bir tomon boʻlib birlashdi. Oʻz-oʻzidan Ukraina ikki qisimga boʻlinib ketdi. Konfliktning yana bir sababi bu din omili. Gʻarbiy Ukraina koʻproq Polshaga yaqin bu yerlarda katolik diniga eʼtiqod qiladi. Sharqiy Ukraina esa pravoslav. Yaʼni bu yerda pravoslav va katolik qadriyatlar toʻqnashgan. 2008-yilda Odessada rus tilida gapirgan insonlarni tiriklayin yoqib yuborishgan. Misol uchun Donekst 2008-yilda roʻy bergan rangli inqilobni tan olmasdan, mustaqil boʻlishga intilganda Kiyev tomonidan harbiy harakatlar amalga oshirildi. Toʻgʻri bu yerda Rossiya Donekst va Luganskka yordam bergan.

— Urushdan Rossiya armiyasining qanday kamchiliklari koʻrinib qoldi?

— Urushda qurol-yarogʻ va askarning irodasi katta roʻl oʻynaydi. Bugungi kundagi armiyalar professional armiyalar. Sovet Ittifoqi parchalangach, Rossiya oʻn yillar davomida parokandalikka yuz tutdi. Putin hokimiyatga kelganidan soʻng harbiy jihatga katta eʼtibor qaratdi. Suriyadagi urush Rossiya harbiylari uchun tajriba boʻldi. Lekin bugungi urushlar beshinchi avloddan oltinchi avlod urushlariga oʻtib bormoqda. Bu nima degani? Oldingi urushlarda inson omili katta roʻl oʻynagan boʻlsa, bugungi kunda axborot texnologiyalari bilan jang qilish boshlandi. Misol uchun “Точка-у”, “Искандер” bularning barchasi chip yordamida sputnikdan boshqariladi. Bugungi kunda sputniklarning 90% harbiy maqsadlarda ishlatiladi. Togʻli qorabogʻ urushi Rossiyada yangicha qarashni vujudga keltirdi. Sababi Suriyada koʻrilmagan holat Togʻli Qorabogʻda koʻrindi. Chunki oʻsha vaqtda Armanistonni Rossiya, Ozarbayjonni Turkiya qoʻllab-quvvatladi. Bu urushda keng koʻlamli dronlar urushi boʻldi.

Ukrainadagi urush boshida ham Turkiya Ukrainaga “Bayraktar”larni berdi. Urushning dastlabki kunlari Rossiya armiyasi magʻlubiyatga uchradi. Hozir esa Rossiya jang maydonlariga radio lokatsion tizimlarni olib kirishni boshladi. Bosh shtabning bayonotlarini koʻradigan boʻlsak, asosiy urgʻu dronlarga qaratilgan.


Siyosat


														
														Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an urush jinoyatlarida ayblanayotgan shaxslar BMT minbarida emas, sud zalida javob be…
10:44 / 27.09.2026

														
														Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqd…
10:41 / 27.09.2026

														
														Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keladi. Bu haqda kecha, 24 sentyabr kuni AQ…
16:05 / 25.09.2026

														
														Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujum tayyorlayotgani haqida razvedka ma’lumotlari mav…
09:47 / 23.09.2026

														
														AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026

														
														Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘u…
11:13 / 24.08.2026

														
														Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Oq uy rahbari Donald Tramp Yaqin Sharq mamlakatlarining iltimosiga binoan Eronga beriladigan zarbalarni vaqtincha to‘xtatish…
16:19 / 02.08.2026

														
														Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadada ishlab chiqarilgan vinolardan tortib xokkey tayoqchalari va sementgacha bo‘lgan ayrim …
10:44 / 21.07.2026

														
														Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali bo‘lib o‘tgan stadionni tark etganidan bir …
10:26 / 20.07.2026

														
														Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Endi Byornem Buyuk Britaniyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari etib saylandi.
11:38 / 18.07.2026

Bu ham qiziq

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida raqamlashtirish va dual ta’lim rivojlantirilmoqda

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida raqamlashtirish va dual ta’lim rivojlantirilmoqda

Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishildi. Hozirda oliygohda to‘rtta ta’lim yo‘nalishi bo‘…
09:38 / 06.10.2026
Erling Xoland soch turmagi tasviridan foydalanilgani uchun aviakompaniyani sudga berdi

Erling Xoland soch turmagi tasviridan foydalanilgani uchun aviakompaniyani sudga berdi

“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasini sudga berdi. D…
12:02 / 05.10.2026
Xalqaro qidiruvdagi fuqaro Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvdagi fuqaro Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu …
11:42 / 04.10.2026
Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Joriy yilgi Osiyo o‘yinlarida umumiy hisobda O‘zbekiston atletlari 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medalga sazovor…
15:43 / 04.10.2026
Bog‘chadan oliy ta’limgacha yagona ta’lim tizimi joriy etiladi

Bog‘chadan oliy ta’limgacha yagona ta’lim tizimi joriy etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini Ta’lim va ilm-fan vazirligi sif…
10:05 / 05.10.2026
Qarshida 97 nafar soliq to‘lovchining 122,6 mln so‘mi o‘zlashtirilgani aniqlandi

Qarshida 97 nafar soliq to‘lovchining 122,6 mln so‘mi o‘zlashtirilgani aniqlandi

Qarshi shahrida 97 nafar soliq to‘lovchidan soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olingan 122,6 million so‘m mablag‘ ular…
12:14 / 05.10.2026
Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Yakshanba kuni poytaxtda yomg‘ir yog‘ishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Maxsus komissiya shamol 1…
15:37 / 04.10.2026
Rossiya xorij fuqarolarini Ukrainaga bormaslikka chaqirdi

Rossiya xorij fuqarolarini Ukrainaga bormaslikka chaqirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xorij fuqarolari, jumladan, diplomatik missiyalar xodimlarini Ukrainaga bormaslik va mamlaka…
12:12 / 04.10.2026
Vilnyusda chiqindi inqirozi: favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin

Vilnyusda chiqindi inqirozi: favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin

Litva poytaxti Vilnyusda chiqindilarni qayta ishlash bilan bog‘liq vaziyat keskinlashmoqda. Shaharda to‘planib qolgan chiqin…
12:19 / 04.10.2026
Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi

Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari haqi…
12:21 / 04.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!