Bu haqda Ukraina, Jahon banki, Yevrokomissiya va Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobotda keltirilgan.
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenkoning ta’kidlashicha, bu summa mamlakatning 2025-yilgi nominal yalpi ichki mahsulotidan deyarli uch baravar ko‘p.
Hisobotga ko‘ra, mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi. Undan keyin uy-joy sektori, savdo va sanoat, shuningdek, qishloq xo‘jaligi turadi. Portlashlar oqibatlarini bartaraf etish va hududlarni minalardan tozalash uchun qariyb 28 milliard dollar zarur bo‘ladi.
2025-yilda e’lon qilingan ma’lumotlarda Ukrainani kelgusi o‘n yil ichida tiklash uchun taxminan 524 milliard dollar talab etilishi aytilgan edi. Bu summa hozirda urush davom etayotgani va yetkazilgan zarar ortib borayotgani sababli oshgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!