Ozish va semirishning oldini olish. Agar siz vazn yo‘qotmoqchi bo‘lsangiz, kafe va restoranlarning kaloriyasi yuqori bo‘lgan taomlarini isteʼmol qilishni to‘xtatishingiz kerak. Buning o‘rniga o‘zingiz uyda semirishning oldini olishga yordam beruvchi ovqatlar tayyorlashingiz mumkin.
Pulni tejash. Uyda pishirilgan taomlar nafaqat ishonchli, balki cho‘ntakka ham foydalidir. Ovqat buyurtma qilish o‘rniga ularning o‘zingiz tayyorlasangiz, pulingiz ancha tejaladi.
Uzoq umr. Uydan tashqarida tayyorlangan taomlarni ko‘proq isteʼmol qilish turli sabablarga ko‘ra o‘lim xavfini oshirishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
Oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish. Uyda ovqat tayyorlamaslik hisobiga muzlatkichdagi oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmolga yaroqsiz holga kelib qoladi va ularni tashlab yuborishga majbur bo‘lamiz. Bu esa oziq-ovqat chiqindilari ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Emotsional salomatlik. Tadqiqotlarda maʼlum bo‘lishicha, uyida o‘zi uchun ovqat tayyorlab isteʼmol qiluvchi insonlarda qon bosimi bilan bog‘liq muammolar kamroq kuzatiladi. Shuningdek, ularda jahldorlik kabi salbiy jihatlar ancha kamayadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!