$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Xalqaro jinoyat sudining Rossiyaga qarshi “ish”i yoxud Putin javobgarlikdan qutulib qoladimi?

17:00 / 17.06.2022

Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Prokurori Karim Xon 28 fevral kuni o‘z bayonotida Rossiyaning Ukrainaga bosqini ustidan Xalqaro jinoyat sudi tekshiruvlari olib borishini eʼlon qilgan edi. Ushbu bayonotda Ukrainada bo‘layotgan jarayonda xalqaro jinoyatlar mavjud ekanligi (agressiya, urush jinoyati va insoniyatga qarshi jinoyatlar) va ko‘plab XJSga aʼzo davlatlar (39 ta aʼzo davlat) tomonidan Rossiyaga qarshi ish ochish bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan.

“Men Ukrainadagi voqealarni diqqat bilan kuzatishda davom etaman va yana vazminlikka va xalqaro gumanitar huquqning amaldagi qoidalariga qatʼiy rioya qilishga chaqiraman”, – degan Karim Xon.

EU’s Borrell welcomes election of Karim Khan as new Chief Prosecutor of the...

XJSning fundamental hujjati 2002-yil 1-iyulda kuchga kirgan Rim statuti hisoblanadi. Vaholanki, Ukraina Rim statutining ishtirokchi davlati emas, lekin u ikki marta Statutning 12-moddasi 3-qismiga muvofiq, o‘z hududida sodir bo‘lgan – daʼvo qilingan jinoyatlar bo‘yicha sud yurisdiksiyasini qabul qilish bo‘yicha o‘z vakolatlaridan foydalangan. Yaʼni XJS yurisdiksiyasi yuqoridagi normaga asoslanib Ukrainada o‘rnatiladi.

Rossiyaga keladigan bo‘lsak, Rossiya XJSga aʼzo davlat emas. U 2016-yilda XJSning Rossiya Qrimni anneksiya qilganligi haqidagi bayonotidan keyin o‘z aʼzoligini tugatgan. XJS Rim statutining 13-moddasiga ko‘ra, uch holatda o‘z yurisdiksiyasini amalga oshirishi mumkin:

– XJSga aʼzo davlatning xalqaro jinoyatlar sodir etilganligi to‘g‘risida Prokurorga murojaati orqali;

–  BMT ustavining VII bobi bo‘yicha Xavfsizlik Kengashi tomonidan Prokurorga yuborilishi;

–  Prokuror Rim statutining 15-moddasidagi o‘z huquqlaridan foydalangan holda.

Yuqoridagi holatlarni tahlil qilib o‘tadigan bo‘lsak, birinchidan, Ukrainaga XSJga aʼzo emas, shu sababli birinchi holat rad etiladi. Ikkinchidan, BMT Ustavining VII bobi bo‘yicha Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari hisoblangan 5 davlatning roziligi talab etiladi. Ushbu besh davlat esa Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Xitoy Xalq Respublikasi va Fransiya hisoblanadi.

Tabiiyki, Rossiya Xavfsizlik Kengashida o‘ziga qarshi ovoz bermaydi. Ustiga ustak, Xitoy Rossiya bilan bog‘liq vaziyatlarda doimo betaraf  qolishi bilan mashhur. O‘z-o‘zidan ikkinchi holat ham rad etiladi. Ukraina uchun yagona “chiqish yo‘li” 13-moddaning 3-qismi, yaʼni XJS Prokurorining o‘z tashabbusi bilan Rossiyaga qarshi tergov ochishi bo‘lishi mumkin.

Yana bir jihatni aytib o‘tish lozimki, XJS davlatlarni emas, balki shaxslarni javobgarlikka torta oladi. Yaʼni Rossiya davlati hech qachon javobgar sifatida topilmaydi. Lekin Putin va mansabdor shaxslar javobgar deb topilishi mumkin.

Yuqoridagilardan tashqari, XJS oldida bir nechta to‘siqlar mavjud va ular jiddiy ahamiyatga ega.

Birinchidan, XJSning majburlov kuchi mavjud emas, ayniqsa, Rossiyadek qudratli davlat oldida.

Ikkinchidan, XJSning harbiy kuchi yo‘q ekanligi uning qarorlarini juda ham oddiy qog‘oz sifatida qabul qilinishiga olib keladi.

Uchinchidan, xalqaro huquqda Prezidentlarning futsional immuniteti mavjud, yaʼni Prezidentlar boshqaruv davrida ular hech qanday jinoyatga javobgar sifatida topilmaydi.

Boshqacha qilib aytganda, Putinni javobgarlikka tortish uchun kamida uning boshqaruv davri tugashi kutilishi lozim.

Maʼlumot sifatida, 2024-yilda Rossiyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Xulosa qilib aytganda, Xalqaro jinoyat sudi Putinni aybdor va javobgar deb topguncha ancha uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishi lozim.

Xushnazar Jo‘rayev
TDYU, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi


Ukraina – Rossiya


														
														Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Rossiya poytaxti Moskva so‘nggi bir sutka ichida eng yirik dron hujumiga uchradi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari kecha,-19-…
16:29 / 20.09.2026

														
														Rossiya Kiyevga hujum qildi. Qurbonlar bor

Rossiya Kiyevga hujum qildi. Qurbonlar bor

Rossiyaning Buchan tumaniga hujumi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi
17:09 / 29.08.2026

														
														«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin VGTRK propagandachisi Pavel Zarubinga bergan «intervyu»sida Kiyevning maqsadi – Rossiya iq…
15:22 / 23.08.2026

														
														Ukraina urushga ayollarni safarbar qiladi

Ukraina urushga ayollarni safarbar qiladi

Ayollarning Ukraina Qurolli Kuchlariga safarbar qilinishi, hatto jarohatsiz ham ayollar uchun ko‘p sonli jarohatlar va sog‘l…
17:31 / 15.08.2026

														
														Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni to‘xtatishni taklif qildi

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni to‘xtatishni taklif qildi

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi fuqarolik obyektlariga qaratilgan hujumlarni o‘zaro to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda ma…
17:07 / 14.08.2026

														
														Rubio: “AQSh Ukrainadagi mojaroni hal qila oladigan yagona mamlakat”

Rubio: “AQSh Ukrainadagi mojaroni hal qila oladigan yagona mamlakat”

“Qo‘shma Shtatlar o‘zini Ukrainadagi mojaroni tugatishga qodir yagona mamlakat deb hisoblaydi”, – dedi Davlat kotibi Marko R…
15:45 / 22.07.2026

														
														Rossiya hujumidan keyin Ukraina poytaxti tutun ichida qoldi

Rossiya hujumidan keyin Ukraina poytaxti tutun ichida qoldi

“Yong‘inlar tufayli Kiyevni qora tutun qopladi. Aholisiga derazalarni yopiq holda saqlash va iloji bo‘lsa, uyda qolish tavsi…
11:38 / 06.07.2026

														
														Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash masalasini muhokama qildik.
17:52 / 16.06.2026

														
														Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

“Ukraina Latviya hududidan Rossiya hududlariga qarshi dronlarni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, – deb xabar berdi Rossiy…
10:40 / 25.05.2026

														
														Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiyaning Tashqi ishlar vazirli diplomatik vakolatxonalarni Moskva Ukrainaning 9-maydagi G‘alaba kunini nishonlash marosim…
09:42 / 07.05.2026

Bu ham qiziq

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!