$
11897.90 UZS
51.33
₽
140.18 UZS
1.23
€
13336.36 UZS
95.45
31° Kechasi 18°

Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

09:47 / 23.09.2026

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujum tayyorlayotgani haqida razvedka ma’lumotlari mavjudligini bildirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Zelenskiyning aytishicha, Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish va yangi vositalar bilan ta’minlash masalasida ittifoqchilari bilan doimiy muloqot olib bormoqda.

«Hozir Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujum tayyorlayotgani haqida razvedka ma’lumotlari bor», — deb yozdi Ukraina prezidenti.

U Ukraina aholisi har kuni raketa va dronlar hujumi xavfi ostida yashayotganini ta’kidlab, Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish masalasini muhokama qilish mumkin emasligini bildirdi.

Rossiya qo‘shinlari so‘nggi vaqtlarda Ukraina hududiga dron va raketalar orqali keng ko‘lamli zarbalar bermoqda. Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar nafaqat tungi vaqtda, balki kunduzi ham amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Rossiya so‘nggi oylarda reaktiv dvigatelli dronlardan ham foydalana boshlagan. Ukraina tomonining ta’kidlashicha, bunday qurilmalar havo mudofaasi uchun qo‘shimcha xavf tug‘dirmoqda.

Zelenskiy Nyu-Yorkda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan ham uchrashib, Rossiya–Ukraina urushiga barham berish masalasini muhokama qilgan. Tomonlar, jumladan, energetika infratuzilmasiga zarbalarni to‘xtatish ehtimolini ham muhokama qilgan.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Donetsk viloyatida sekin ilgarilayotgan bo‘lsa-da, front chizig‘ida bir necha oydan beri katta o‘zgarishlar kuzatilmagan. Ukraina esa Rossiya hududidagi, jumladan, neft sanoati obyektlariga zarbalar bermoqda.

Zelenskiy, shuningdek, The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin urushda g‘alaba qozonayotgani ham, mag‘lub bo‘layotgani ham yo‘q, degan fikrni bildirgan.

Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, Putin hozircha urushni to‘xtatish zarur, degan xulosaga kelmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina harbiy rahbariyati Rossiya hujumlariga javoban uzoq masofaga harakat qiluvchi qurollardan foydalanish bo‘yicha yangi operatsiyalarni kelishib olganini ma’lum qilgan edi.


Siyosat


														
														Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an urush jinoyatlarida ayblanayotgan shaxslar BMT minbarida emas, sud zalida javob be…
10:44 / 27.09.2026

														
														Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqd…
10:41 / 27.09.2026

														
														Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keladi. Bu haqda kecha, 24 sentyabr kuni AQ…
16:05 / 25.09.2026

														
														Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujum tayyorlayotgani haqida razvedka ma’lumotlari mav…
09:47 / 23.09.2026

														
														AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026

														
														Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘u…
11:13 / 24.08.2026

														
														Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Oq uy rahbari Donald Tramp Yaqin Sharq mamlakatlarining iltimosiga binoan Eronga beriladigan zarbalarni vaqtincha to‘xtatish…
16:19 / 02.08.2026

														
														Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadada ishlab chiqarilgan vinolardan tortib xokkey tayoqchalari va sementgacha bo‘lgan ayrim …
10:44 / 21.07.2026

														
														Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali bo‘lib o‘tgan stadionni tark etganidan bir …
10:26 / 20.07.2026

														
														Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Endi Byornem Buyuk Britaniyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari etib saylandi.
11:38 / 18.07.2026

Bu ham qiziq

Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi Sutxida Shvetsiyada ishlab chiqarilgan JAS 39C Gripen ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotida ilk mustaqil pa…
09:37 / 10.10.2026
Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

39 yoshli Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyati davomida uni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga minna…
09:41 / 08.10.2026
Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha semizlik 3,7 mln kishining o‘limig…
10:05 / 08.10.2026
Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

O‘zbekistonda ilk bor 2027-yil 4–5-fevral kunlari “Tashkent Content Market” (TCM) xalqaro kontent bozori o‘tkaziladi. Tadbir…
09:22 / 10.10.2026
Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida FAW rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘i…
09:33 / 10.10.2026
Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov 30-oktyabr kuni Toshkentda ozarbayjonlik bokschi Seymur Isayev…
11:40 / 08.10.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish ha…
17:06 / 09.10.2026
Toshkent viloyatida eskirgan va yaroqsiz avtotransport vositalariga tegishli davlat raqam belgilari topshirilmoqda

Toshkent viloyatida eskirgan va yaroqsiz avtotransport vositalariga tegishli davlat raqam belgilari topshirilmoqda

Foydalanish imkoniyati yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan avtomobillar davlat ro‘yxatidan chiqarilib, ularga tegishli davlat r…
09:26 / 09.10.2026
8-oktyabr qanday ob-havo kuzatiladi?

8-oktyabr qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kecha…
16:35 / 07.10.2026
Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda sintetik giyohvandlik moddalarini tarqatishda gumonlangan shaxs ushlandi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lumo…
09:35 / 10.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!