Bugun, 14-mart kuni, soat 11:15 larda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi Foziltepa ko‘chasida joylashgan avtoservislardan birida portlash ro‘y berdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida xizmat ko‘rsatish binosi tomining bir qismi qulab tushgan. Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.
Makzur portlash kislorod ballonidan foydalanishda xavfsizlik qoidalarining buzilishi sabab yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda. Hodisa joyida yong‘in ro‘y bermagan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, prokuratura va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari voqea joyida ishlashmoqda, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!