Samarqand viloyatining Toyloq tumanida “Energosavdo” tuman bo‘limi muhandisi fuqarodan 500 AQSH dollari olayotgan vaqtida ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda P.M. ismli muhandis fuqaro M.E.ga nisbatan qo‘llangan 20 million so‘mlik jarimani bekor qilish, shuningdek, yangi elektr hisoblagich o‘rnatib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 500 AQSH dollari talab qilgani aniqlangan.
U kelishilgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!