Samarqandda piyodalarga yo‘l bermagan va yo‘l bezoriligi sodir etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqand shahrida haydovchi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bir guruh fuqarolarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf ostiga qo‘ygan hamda yo‘l bezoriligi sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan haydovchi aniqlandi va unga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘rildi.
Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tegishli tartibda Samarqand shahar sudiga yuborildi.
Yo‘lda bir soniyalik beparvolik inson hayotiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!