$
11765.21 UZS
-0.55
139.35 UZS
-0.36
13586.46 UZS
-52.41
31° Kechasi 18°

Talabalarga kontraktni to‘rt bo‘lib to‘lash imkoni yaratiladi

10:21 / 03.03.2020

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergandik.

Mazkur farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga o‘quv yili davomida teng ulushlarda kamida to‘rt marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilishini ta’minlaydi.

2020/2021-o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020-yil 1-avgustga qadar masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibini belgilash, dasturiy-apparat kompleksini yaratish, tegishli oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etish va o‘rnatilgan tartibda zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlashni ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 1-yanvarga qadar tajriba natijalarini inobatga olgan holda oliy ta’lim tizimiga masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish to‘g‘risidagi takliflarni o‘qitishning ushbu shaklini amalga kiritishning oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi grafigi bilan birgalikda kiritadi


Bu ham qiziq

Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendelga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendelga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel va yana to‘qqiz kishiga nisbatan sanksiyalar joriy …
10:40 / 14.09.2026
Toshkentning kelajagi muhokama qilindi: yangi qurilishlar shahar infratuzilmasini zo‘riqtirmasligi kerak

Toshkentning kelajagi muhokama qilindi: yangi qurilishlar shahar infratuzilmasini zo‘riqtirmasligi kerak

Toshkentning jadal kengayishi fonida shahardagi shaharsozlik va ekologiya masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. U…
10:53 / 15.09.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:

Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;
14:33 / 15.09.2026
Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi qarzi 1,4 milliard dollar ekani ma’lum qilindi

Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi qarzi 1,4 milliard dollar ekani ma’lum qilindi

Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi davlat qarzi 1,4 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat moliya vaziri o‘rinbos…
15:27 / 14.09.2026
Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida 20 yoshli yigit buvisini o‘ldirib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uning jasadi …
09:38 / 13.09.2026
Turkiyada oila va bolalarni himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlandi

Turkiyada oila va bolalarni himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlandi

Turkiyada “Oilam himoyada” (Ailem Güvende) operatsiyasi doirasida 162 nafar gumondor, 9 ta uyushma va 13 ta kompaniyaga nisb…
10:44 / 15.09.2026
Zelenskiy uchrashmoqchi bo‘lsa, Moskvaga kelsin

Zelenskiy uchrashmoqchi bo‘lsa, Moskvaga kelsin

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini, bi…
11:51 / 13.09.2026
20 yoshli talaba qiz yarim marafondan so‘ng vafot etdi

20 yoshli talaba qiz yarim marafondan so‘ng vafot etdi

Kolumbiyada 20 yoshli talaba qiz yarim marafonda ishtirok etganidan so‘ng vafot etdi. Xuliana Avila Sauda musobaqa vaqtida h…
17:10 / 14.09.2026
Qashqadaryodagi qadimiy Odirmon shahar yodgorligidan noyob ostodon va altar topildi

Qashqadaryodagi qadimiy Odirmon shahar yodgorligidan noyob ostodon va altar topildi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Odirmon shahar arxeologik yodgorligida olib borilgan qazishmalar davomida diniy maro…
11:01 / 15.09.2026
Bugun O‘zbekistonda havo +37 darajagacha isiydi

Bugun O‘zbekistonda havo +37 darajagacha isiydi

Bugun, O‘zbekiston bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat respubli…
17:27 / 14.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!