Kolumbiyada 20 yoshli talaba qiz yarim marafonda ishtirok etganidan so‘ng vafot etdi. Xuliana Avila Sauda musobaqa vaqtida hushini yo‘qotib, shifoxonaga olib ketilgan.
Hodisa 6-sentabr kuni 30 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashgan Medelin marafoni vaqtida yuz bergan. Biotibbiyot muhandisligi fakultetida tahsil olgan Xuliana Avila Sauda yugurish davomida to‘satdan yiqilib, hushini yo‘qotgan.
U zudlik bilan Medelin markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Shifokorlar uning yuragi to‘xtaganidan keyin uch marotaba reanimatsiya o‘tkazgan. Biroq talaba qiz keyingi kuni vafot etgan.
Mahalliy hokimiyat vakillariga ko‘ra, hozircha Xuliana Avilaning o‘limiga nima sabab bo‘lgani aniq emas. Mazkur holat so‘nggi sakkiz yil ichida Medelin marafonida qayd etilgan to‘rtinchi o‘lim bilan yakunlangan hodisa bo‘lgan.
Xuliana Avila Kolumbiya vitse-prezidenti o‘g‘li Xulianning sevgilisi bo‘lgan. Mamlakat Prezidenti Abelardo de la Esprielya marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
“Xuliana Avilaning oilasiga, vitse-prezidentimizga, uning o‘g‘li Xulianga va barcha yaqinlariga ushbu og‘ir va kutilmagan yo‘qotish munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiraman”, deya uning so‘zlari keltirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!