$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

Turk oshxonasini mashhur qilgan taomlar

10:54 / 27.01.2015

Turk oshxonasi asrlar mobaynida Yaqin Sharq, Kichik va O‘rta Osiyo madaniyatlari ta'sirida shakllangan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u o‘zida turli xalqlarning, turli mintaqalarning an'analarini aks ettiradi.

Turk oshxonasi go‘shtli ovqatlarga boy, ular ichida eng mashhuri, albatta, kabobdir. Turkiyaning turli burchaklarida kabobning o‘ndan ortiq turlari tayyorlanadi. Ammo turk oshxonasi shirinlik ishqibozlarini ham e'tiborsiz qoldirmaydi – ular luqum, holva, pahlavadan baxramand bo‘lishlari mumkin. Bulardan tashqari, turk qahvasi va choyi, “simit” teshik kulchalari va mahalliy pitssa – lahmajun o‘z shinavandalariga ega bo‘lib ulgurgan.

Quyida turk oshxonasining ba'zi mashhur taomlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

1. Kunjut sepilgan teshik kulcha odatda nonushta dasturxoniga tortiladi. Simit bilan birga murabbo yoki pishloq tanovul qilishadi. Simitning hajmi, o‘lchovi va ta'mi har bir viloyatda turlichadir. Izmir shahrida uni gevrek deb atashadi.

2. Shuningdek, simit ko‘chalarda sotiladi. Sotuvchilar uni maxsus aravachada yoki boshlarida olib yurishadi.

3. Gyozleme – qiymali non shaklidagi an'anaviy turk taomlaridan biri. Gyozleme saj deb ataladigan maxsus tovada pishiriladi. Qiyma ismaloq, pishloq, dengiz mahsulotlari, tuxum, qiyma go‘sht va boshqa narsalardan qilinishi mumkin.

4. Lahmajun navbatdagi mashhur sharqona taomdir. Uni arman, turk yoki arab pitssasi deb ham atashadi. Taomni tayyorlash uchun maxsus yupqa non ustiga qiyma go‘sht, pomidor yoki tomat sousi, bulg‘or qalampiri, piyoz, sarimsoq, ko‘katlar, oregano qo‘yiladi. Lahmajun odatda 150-170 gramm og‘irlikka ega bo‘ladi.

5. Mutanjana – quritilgan mevalar va qo‘y go‘shtidan tayyorlanadigan ovqat.

6. Ko‘zachada pishiriladigan krevetkalar.

7. Iskandar kabob – qo‘zi go‘shti, mayda to‘g‘ralgan non bo‘laklari, eritilgan yog‘ va qatiq tomat sousida tayyorlanadi.

8. Adana kabob – qiyma go‘shtdan sixda tayyorlanadi, ustidan o‘tkir qalampir yoki murch sepiladi.

9. Kyofte – turk kotletlari. Turkiyaning har bir viloyatida o‘ziga xos retsept bo‘yicha tayyorlanadi.

10. Ichiga qiyma solingan midiya.

11. Ziravorlar sepilgan kichik kotletlar.

12. Tantuni – go‘sht va pomidordan tayyorlanadigan taom. Tantuni lavashga o‘ralgan holda yoki oddiy non ichida, shuningdek, nonsiz ham iste'mol qilinishi mumkin. Tabga ko‘ra ko‘katlar va piyoz qo‘shiladi.

13. Menemen – tuxumga pomidor, piyoz, qalampir aralashtirib pishiriladigan nonushta taomi.

14. Burekas – nafaqat Turkiyada, balki boshqa qo‘shni mamlakatlarda ham mashhur pishiriq. Qatlama hamirdan tayyorlanadi.

15. Knafe – Kadoif lag‘moni va echki pishlog‘i asosida tayyorlanadigan ovqat.

16. Ayron.

17. Pahlava – qatlama xamirdan tayyorlanadigan pishiriq. Yupqa xamir qatlamlari ustma-ust qo‘yilib, ularning ustidan yog‘ surtiladi, so‘ng maxsus idishda o‘ralib pishiriladi. Pishgan xamir eritilgan shakar va limon sharbatiga bo‘ktirilib, maydalangan yong‘oq yoki pista xamir qatlamlari orasiga joylashtiriladi. Tabga qarab ziravor va gulob qo‘shish mumkin.

18. Luqum – ikki turda bo‘ladi: rohat-luqum undan, shakar-luqum esa shakardan tayyorlanadi. Shuningdek, pishiriqqa nishasta, yong‘oq, pista, bodom, kokos qo‘shilishi mumkin.

19. Luqma – kulchaga o‘xshash shirin pishiriq. Achitqili xamirdan va dolchindan tayyorlanib, qizitilgan yog‘da qovuriladi. Tanovul qilishdan oldin ustidan asal, shakar qiyomi surib, dolchin sepiladi.

20. Tulumba – odatda desertga tortiladigan pishiriq. Tulumba 5 sm li bo‘laklarga ajratilgan tuzsiz xamirdan tayyorlanadi, xamir bo‘laklari qovurilgach, ustidan qiyom suriladi.

21. Turk qahvasi.

22. Turk choyi.


Bu ham qiziq

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gazdan foydalanadigan 3 million 800 ming xonadonni ta’minlash tizimini bosqichma-bosqich xususiy…
15:49 / 16.10.2026
O‘zbekistonda 2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi energetika quvvati yaratiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi energetika quvvati yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda 2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi…
14:54 / 16.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
17:16 / 15.10.2026
2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda umumiy quvvati 2 200 megavatt bo‘lgan 6 …
15:36 / 16.10.2026
Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar peshlavha uchun reklama pasportini rasmiylashtirish talabidan rasman qutuldi.
16:06 / 16.10.2026
Toshkentning Sergeli tumanida 1,7 gektarlik sun’iy ko‘l qurilmoqda

Toshkentning Sergeli tumanida 1,7 gektarlik sun’iy ko‘l qurilmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Qumariq mahallasida 1,7 gektar maydonda favvorali sun’iy ko‘l qurilishi boshlandi. Lo…
16:39 / 15.10.2026
AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQSHning Oregon shtatidagi Bend shahrida 15-oktyabr kuni Silver Rail boshlang‘ich maktabida 16 yoshli o‘smir tomonidan sodir…
09:43 / 16.10.2026
Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelishi kutilmoqda

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelishi kutilmoqda

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi 2-noyabr kuni Toshke…
16:35 / 15.10.2026
Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

“Мен бугун сизларни кўпроқ мулоқотга таклиф қиламан. Бир нарсани билишларинг керакки, инвестор билан давлат орасидаги Ўзбеки…
15:13 / 16.10.2026
O‘zbekistonda energetika sohasiga 4,7 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

O‘zbekistonda energetika sohasiga 4,7 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Uchrashuvda energet…
14:51 / 16.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!