Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda 2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi quvvat yaratish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Natijada elektr energiyasi ishlab chiqarishning yillik hajmi 129 milliard kilovatt-soatdan oshishi, qayta tiklanuvchi energiya ulushi esa 54 foizga yetishi kutilmoqda.
Davlat rahbari o‘tgan yillarda energetika loyihalarini tayyorlash va investorlar bilan ishlash bo‘yicha katta tajriba to‘planganini qayd etdi. Endilikda hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tilib, har bir investitsiya nafaqat yangi quvvatlar yaratishi, balki energiya ta’minoti ishonchliligini oshirishi va yo‘qotishlarni kamaytirishi kerakligi ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, yaqinda imzolangan farmon bilan yoqilg‘i-energetika sohasida davlat va biznesning vazifalari aniq ajratilgan. Yangi bosqichda loyihalarni amalga oshirish ochiq raqobat, shaffof qoidalar va kelishilgan shartlarning izchil bajarilishi tamoyillariga asoslanadi.
Belgilangan rejaga ko‘ra, 2030-yilgacha yangi energetika quvvatlarini ishga tushirish, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish maqsad qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!