Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts kompaniyaning direktorlari kengashidan chiqdi. Bu haqda kompaniyaning berga bayonotida ma’lum qilingan. Bu haqda BBC xabar berdi.
Bayonotda aytilishicha, Geyts bunday qarorga ko‘proq vaqtini xayriya ishlari, jahon sog‘liqni saqlash sohasi, ta’lim iqlim o‘zgarishiga sarflash uchun kelgan.
Shu bilan birga, xabarda Geyts kompaniyaning texnik masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimini saqlab qolishi aytilgan.
Bayonotda Bill Geyts 2008-yilning iyunidan boshlab Microsoft’dagi ishini kamaytirib, u va xotini Melinda Geyts bilan ochgan xayriya fondi faoliyatiga ko‘proq vaqt ajratishni boshlagani qo‘shimcha qilingan.
Shuningdek, 65 yoshli milliarder Uorren Baffetning Berkshire Hathaway investitsion jamg‘armasining direktorlar kengashidan ham chiqqan.
LinkedIn portalida qoldirgan xabarida Geyts kompaniya hayotining muhim bir qismi bo‘lib qolishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts ayni vaqtda dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida Amazon asoschisi Jeff Bezosdan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Microsoft kompaniyasi 1975-yilda Bill Geyts va Pol Allen tomonidan asos solingan. 1986-yilda 31 yoshli Geyts eng yosh milliarderga aylangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!