Sirdaryoda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan Ekopolitsiya xodimi Mirzo Botirovning o‘limi yuzasidan uch nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ma’lum qilinishicha, Botirov 9-sentyabr kuni Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida elektr qarmoqdan foydalanib, noqonuniy baliq ovlayotgan shaxslarning qarshiligiga uchrab, suvga tushib ketgan. 10-sentyabr kuni olib borilgan qidiruv ishlari natijasida uning jasadi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan uch nafar gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish hamda ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish bilan bog‘liq moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!