$
11765.76 UZS
-17.71
139.71 UZS
0.01
13638.87 UZS
-49.99
31° Kechasi 18°

Xorazmda 58 ming oila kambag‘allik bo‘sag‘asida kun kechirmoqda – Prezident

12:24 / 13.03.2020

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida Xorazm viloyati va tumanlar hokimlari, mahalliy kengashlar deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tadbirkorlar, ziyolilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda Prezident Matbuot xizmati.


Mazkur yig‘ilishda viloyatning rivojlanish darajasi orqada qolayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot respublika ko‘rsatkichidan 1,5 barobar, sanoat mahsuloti va xizmat ko‘rsatish hajmi bo‘yicha esa 2 barobar past. Hududda 58 ming oila kambag‘allik bo‘sag‘asida kun kechirmoqda. Shundan 856 tasi o‘ta nochor ahvolda. Ko‘plab odamlar ishlash uchun xorijga ketgan. Bularning barchasidan kelib chiqib, Xorazmda 200 ming ish o‘rni yaratish zarur, deyiladi xabarda.


Tuman va shaharlarda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, banklarni “loyihalar fabrikasi”ga aylantirish zarurligi qayd etildi. 2,5 mingta bo‘sh turgan binolar negizida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish, “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasini yangi loyihalar bilan to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Qishloq tumanlarda pullik xizmat ko‘rsatish Urganch shahriga nisbatan 10-15 barobar pastligi ta’kidlanib, bunday obyektlarni keskin ko‘paytirish kerakligi belgilandi.


Davlat rahbari hududdagi mavjud kamchiliklarga to‘xtalar ekan: “Xalqimiz hayotini yanada yaxshilashga yo‘naltirilgan islohotlarimizni odamlar bilan muloqot va maslahat asosida ishlab chiqyapmiz. Xorazmga ham joylarda aholini qanday muammolar tashvishga solayotgani haqida suhbatlashgani keldim. Shuning uchun menga ko‘proq masala qo‘ysalaringiz natija bo‘ladi. Biz yolg‘on, balandparvoz gapirib shu ahvolga keldik. Prezidentga yolg‘on gapirish - Vatanga xiyonat, - dedi Shavkat Mirziyoyev.


Bu ham qiziq

Fransiya va Slovakiya Alisher Usmonovni YEI sanksiyalaridan chiqarishni so‘ramoqda

Fransiya va Slovakiya Alisher Usmonovni YEI sanksiyalaridan chiqarishni so‘ramoqda

Fransiya Slovakiyaga qo‘shilib, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovni Yevropa Ittifoqi sanksiya…
12:29 / 12.09.2026
Ostonada ayol 15-qavatdan tushib, 2 yoshli bola bo‘lgan aravachaga qulab tushdi

Ostonada ayol 15-qavatdan tushib, 2 yoshli bola bo‘lgan aravachaga qulab tushdi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida fojiali hodisa yuz berdi. 27 yoshli ayol ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan tushib ketib,…
09:44 / 13.09.2026
Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Prezidentimiz Olmazor tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi ish uslubi natijalarini ham…
09:08 / 12.09.2026
Zelenskiy uchrashmoqchi bo‘lsa, Moskvaga kelsin

Zelenskiy uchrashmoqchi bo‘lsa, Moskvaga kelsin

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini, bi…
11:51 / 13.09.2026
Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bud…
10:35 / 12.09.2026
Eron xorijiy yonilg‘i tashuvchi kemalar uchun 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor qildi

Eron xorijiy yonilg‘i tashuvchi kemalar uchun 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor qildi

Eron neft, gaz va suyuq yonilg‘i mahsulotlarini tashuvchi xorijiy kemalardan olinadigan 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor …
10:48 / 11.09.2026
Prezident yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishi bilan tanishdi

Prezident yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayoni bilan…
09:12 / 12.09.2026
Norvegiya qirolining vafotidan ikki hafta o‘tib, uning opasi ham vafot etdi

Norvegiya qirolining vafotidan ikki hafta o‘tib, uning opasi ham vafot etdi

Norvegiya qiroli Harald V vafotidan ikki hafta o‘tib, uning opasi — malika Astrid 94 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Norvegi…
11:44 / 13.09.2026
Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 7 mingdan oshdi

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 7 mingdan oshdi

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan tasdiqlangan kasallanish holatlari 7 022 taga yetdi. Virus mamlakatning y…
12:26 / 12.09.2026
Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Xo‘jaobod tumanida Kichik biznesga ko‘maklashish markazi va tuman hokimligi hamkorligida…
17:40 / 11.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!