Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Muzeyning me’moriy konsepsiyasi zamonaviy arxitekturaning taniqli namoyandalaridan biri, nufuzli Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan.
Tadao Andoning loyihalari asosida Yaponiya, Yevropa va AQSHda ko‘plab muzey va madaniy maskanlar bunyod etilgan. Uning me’moriy uslubi chizgilarning soddaligi va aniqligi, makon hamda yorug‘lik uyg‘unligiga o‘ziga xos yondashuvi bilan butun dunyoda e’tirof etilgan.
Yangi Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Majmuada zamonaviy ko‘rgazma zallari, kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va ta’lim maydonlari tashkil etiladi.
Mamlakatimizda tarixiy va madaniy ahamiyatga ega yirik loyihalarni amalga oshirishga dunyo miqyosidagi me’morlarni jalb etish muhimligi ta’kidlandi.
Bunday inshootlar nafaqat bugungi avlod uchun xizmat qiladi, balki uzoq yillar davomida xalqimizning tarixiy xotirasi va madaniy merosining ajralmas qismiga aylanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!