$
12114.97 UZS
40.69
162.07 UZS
1.21
14260.53 UZS
41.86
31° Kechasi 18°

“Temir xotin” asari muallifi Sharof Boshbekov 71 yoshida vafot etdi

17:05 / 26.01.2022

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati”ordeni sohibi, taniqli dramaturg, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sharof Boshbekov 2022-yilning 26-yanvar kuni olamdan o‘tdi.

Sharof Boshbekov 1951-yil 4-yanvarda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Gʻubir qishlog‘ida tug‘ilgan. 1974-yili Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutini tamomlagan. O‘qishni tugatgach, Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatri, Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida faoliyat ko‘rsatgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (1983-1985), O‘zbekiston Milliy davlat akademik drama teatrida (1986-1987) adabiy xodim bo‘lib xizmat qildi.

Sharof Boshbekov yozuvchilik ijodini 1980-yilda “Taqdir eshigi” nomli komediya bilan boshlagan. Shundan so‘ng adibning birin-ketin yozilgan “G” varianti” (1981), “Gʻurur” (1982), “Jumboq” (1986) hikoyalari, “Tikansiz tipratikanlar”, “Musiqa sayyorasi”, “Tentak farishtalar”,  “Tushov uzgan tulporlar” (1983) dramasi, “Eshik qoqqan kim?” (1987), “Eski shahar gavroshlari” (1998), “Temir xotin” (1989) kabi jiddiy komediyalari o‘zbek dramaturgiyasi xazinasini boyitdi. “Temir xotin” komediyasi nafaqat respublikamiz, balki boshqa mamlakatlar teatrlarida ham sahnaga qo‘yildi. Mazkur asar avval Respublika miqiyosida o‘tkazilgan teatr festivalida bosh sovrin – “Gran-pri”ni qo‘lga kiritdi, so‘ngra Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida o‘tkazilgan teatr festivalining mutloq g‘olibi, deb topildi. Ushbu pyesa asosida badiiy film, operetta ishlandi. Asar 1989-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Maqsud Shayxzoda nomidagi yillik mukofotiga loyiq topildi.

Sharof Boshbekov ssenariysi asosida “Ma’ruf va Sharif”, “Yuzsiz” (1993), “Tilla bola” (1994) kabi filmlar yaratildi. U “Masxaraboz” (1996), “Farhod va Shirin” filmlarida ham ssenariy muallifi, ham rejissyor sifatida ishtirok etdi. Uning ssenariysi asosida “Charxpalak” teleseriali suratga olingan. Bundan tashqari, “Tentak farishtalar” (1995), “Zo‘rdan zo‘r chiqsa” (1996) kabi sahna asarlari ham respublika teatrlarida muvaffaqiyatli namoyish etildi.

Hajviy hikoyalari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining “Yilning eng yaxshi hajviy asari” (1982) mukofotiga munosib ko‘rilgan. “Mushtum” jurnalida e’lon qilingan “Buyuk maqtanchoqlik”, “Buyuk qo‘rqoqlik”, “Buyuk baxtiyorlik” nomli publisistik maqolalariga jurnalning “Yilning eng yaxshi publisistik asari” (1992) mukofoti berilgan.

Mustaqillik yillari “O‘yin” (2002), “Doka ro‘molning qurishi” (2004) telefilm ssenariylarini yozdi, “So‘qmoq” (2003), “Mehr va mauzer” (2007) kinoqissalarini yaratdi.

 “Eshik qoqqan kim bo‘ldi?” (1989), “Falakning gardishi” (2009), “Musofir bo‘lmaguncha” (2009), “Tentak farishta” (2010), “Charxpalak” (2017), “Tanlangan asarlar” (“2021”) kabi to‘plamlari nashr etilgan.

Adib drama va kinoqissalardan iborat “Tanlangan asralar” kitobi uchun 2021 yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Yilning eng yaxshi asari” tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

Sharof Boshbekov 1996-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, 2001-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Xabardor.uz jamoasi adibning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.


Boshqalar


														
														Rossiya Ukraina sulh rejimini 1365 marta buzganini ma’lum qildi

Rossiya Ukraina sulh rejimini 1365 marta buzganini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni qarori bilan 8-may soat 00:00 dan …
11:47 / 08.05.2026

														
														Epshteyn o‘limidan oldin yozgan maktub oshkor qilindi

Epshteyn o‘limidan oldin yozgan maktub oshkor qilindi

AQShda Nyu York federal sudi marhum moliyachi va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epshteyn tomonidan yozilgani aytilayot…
10:45 / 07.05.2026

														
														Obama: “Agar o‘zga sayyoraliklar bo‘lganida, bu sir qolmasdi”

Obama: “Agar o‘zga sayyoraliklar bo‘lganida, bu sir qolmasdi”

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama hukumat o‘zga sayyoraliklar bilan bog‘liq ma’lumotlarni uzoq vaqt sir saqlab qola olma…
09:47 / 07.05.2026

														
														O‘zbekistonda xususiy klinikalar davlat hisobidan bemor davolaydi

O‘zbekistonda xususiy klinikalar davlat hisobidan bemor davolaydi

2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda nodavlat tibbiyot muassasalariga davlat budjeti hisobidan bemorlarga xizmat ko‘rsat…
15:07 / 06.05.2026

														
														Kim Chen Inga yadro qurolidan foydalanish huquqi berildi

Kim Chen Inga yadro qurolidan foydalanish huquqi berildi

Shimoliy Koreyada konstitutsiyaga kiritilgan yangi o‘zgartishlarga ko‘ra, mamlakat yetakchisi Kim Chen In davlat rahbari sif…
14:27 / 06.05.2026

														
														Qrimga dron hujumi: 5 kishi halok bo‘ldi

Qrimga dron hujumi: 5 kishi halok bo‘ldi

Qrim yarimorolining Jankoy shahrida dronlar hujumi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qrim rahbari Sergey Aksyonov ma’…
12:28 / 06.05.2026

														
														Qozog‘iston 2027-yildan Rossiya elektr energiyasi importidan voz kechmoqchi

Qozog‘iston 2027-yildan Rossiya elektr energiyasi importidan voz kechmoqchi

Qozog‘iston 2027-yildan boshlab Rossiyadan elektr energiyasi importini to‘liq to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda energe…
10:24 / 06.05.2026

														
														Tramp Hormuz bo‘g‘ozidagi “Ozodlik loyihasi” vaqtincha to‘xtatilishini e’lon qildi

Tramp Hormuz bo‘g‘ozidagi “Ozodlik loyihasi” vaqtincha to‘xtatilishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Fors ko‘rfazida amalga oshirilayotgan “Ozodlik loyihasi” operatsiyasi qisqa muddatga to‘xtatili…
10:18 / 06.05.2026

														
														Ishga joylashtirish va ruxsatnoma evaziga pora olish holatlari fosh etildi

Ishga joylashtirish va ruxsatnoma evaziga pora olish holatlari fosh etildi

Ishga joylashtirish va ruxsatnoma evaziga pora olish holatlari fosh etildi
07:32 / 06.05.2026

														
														Samsung rekord darajadagi meros solig‘i to‘ladi

Samsung rekord darajadagi meros solig‘i to‘ladi

Janubiy Koreyada meros solig‘i stavkasi 50 foizgacha yetadi va bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
15:09 / 05.05.2026

Bu ham qiziq

Toshkent avtobuslarida 7-maydan konditsionerlar yoqila boshlandi

Toshkent avtobuslarida 7-maydan konditsionerlar yoqila boshlandi

“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 7-maydan boshlab Toshkent shahridagi avtobuslarda konditsione…
15:02 / 07.05.2026
Surxondaryodagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryodagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi oziq-ovqat bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi.
14:48 / 10.05.2026
Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026
O‘zbekistonda 3 oyda 191 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi

O‘zbekistonda 3 oyda 191 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda jami 191 086 ta tirik tug‘…
10:58 / 07.05.2026
Epshteyn o‘limidan oldin yozgan maktub oshkor qilindi

Epshteyn o‘limidan oldin yozgan maktub oshkor qilindi

AQShda Nyu York federal sudi marhum moliyachi va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epshteyn tomonidan yozilgani aytilayot…
10:45 / 07.05.2026
Samarqandda sunnat amaliyotidan so‘ng ikki bola vafot etdi

Samarqandda sunnat amaliyotidan so‘ng ikki bola vafot etdi

Samarqand viloyatining Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan sunnat amaliyotidan keyin ikki nafar bola vafot etg…
14:00 / 07.05.2026
Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, koʻp millatli butun xalqimizni qutlugʻ ayyom – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinch…
11:59 / 09.05.2026
AQSh aeroportida dahshatli hodisa: erkakni samolyot urib yubordi

AQSh aeroportida dahshatli hodisa: erkakni samolyot urib yubordi

AQShda samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida odam urib yubordi.
18:02 / 10.05.2026
Bugun Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashadi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashadi

Bugun, 8-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” monumentiga hamda “Millat fidoyilari” xiyoboniga gul qo‘y…
10:46 / 08.05.2026
yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlandi

yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlandi

“Nurafshon – Piskent – Bo‘ka – Bekobod – Boyovut – Yangiyer” yo‘nalishida yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l tarmog‘i quril…
15:40 / 07.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!