“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan Namangan viloyatida Namangan shahrida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan fuqaro 341 gramm gashish moddasini 6 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda yana 1 kilogramm 473 gramm gashish moddasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, Namangan tumani hududida harakatlanayotgan Gentra rusumli avtomobil to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda haydovchisi — Namangan shahrida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro hamda uning 1992 va 1988-yillarda tug‘ilgan ikki nafar sherigidan jami 400 gramm gashish moddasi olib qo‘yilgan.
Har ikki holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ўзбекистон ва жаҳонда рўй бераётган энг сўнгги воқеа-ҳодисалар, спорт, шоу-бизнес, маданият, информацион технологиялар ва илм-фан янгиликларидан доимо хабардор бўлинг!
Ўзбекистон ва жаҳонда рўй бераётган энг сўнгги воқеа-ҳодисалар, спорт, шоу-бизнес, маданият, информацион технологиялар ва илм-фан янгиликларидан доимо хабардор бўлинг!