The Telegraph nashrining xabar berishicha, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy harbiy qo‘mondonlikka Qrim ko‘prigini to‘liq yo‘q qilish bo‘yicha topshiriq bergan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 18-noyabr kuni amalga oshirilgan hujum oqibatida ko‘prikning bir qismi qulagan, temir yo‘l infratuzilmasi esa jiddiy zarar ko‘rgan. Ukraina OAVlari hujumda “Neptun” raketalaridan foydalanilganini xabar qilgan.
The Telegraph manbalariga tayanib yozishicha, Ukraina Qrim ko‘prigiga qarshi navbatdagi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xususan, “Neptun” raketalarini ishlab chiqaruvchilar yuzlab raketalarni tayyorlagan. Shuningdek, Kiyev ularni ishlab chiqarishni kengaytirish uchun “Flamingo” loyihasiga ajratilgan mablag‘larning bir qismini yo‘naltirishi mumkin.
Nashr suhbatdoshining ta’kidlashicha, Rossiya Ukraina arsenalida bunday qurollar mavjudligidan xabardor bo‘lgan bo‘lishi kerak. Uning fikricha, Rossiyaning Ukraina ko‘priklari va elektr stansiyalariga bergan zarbalariga javoban Kiyev ham shunga o‘xshash nishonlarga hujum qilishi mumkin.
Hozircha Zelenskiyning mazkur topshiriq bergani va navbatdagi hujumlar rejasi haqidagi ma’lumotlar The Telegraph xabariga asoslanmoqda.
Ўзбекистон ва жаҳонда рўй бераётган энг сўнгги воқеа-ҳодисалар, спорт, шоу-бизнес, маданият, информацион технологиялар ва илм-фан янгиликларидан доимо хабардор бўлинг!
Ўзбекистон ва жаҳонда рўй бераётган энг сўнгги воқеа-ҳодисалар, спорт, шоу-бизнес, маданият, информацион технологиялар ва илм-фан янгиликларидан доимо хабардор бўлинг!