Luiziana shtati universiteti olimlari uzoq yillar davom etgan semizlik o‘rta yoshda miya holatining yomonlashuvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqotda semizlik bilan uzoq vaqt yashagan odamlarda miyaning mayda qon tomirlari shikastlanishini ko‘rsatuvchi belgilar ikki baravar ko‘p uchragan.
Tadqiqotga 1972-yilda boshlangan “Bogalusa Heart Study” loyihasining 190 nafar ishtirokchisi jalb qilingan. Ularning sog‘lig‘i 1985-yildan beri kuzatilgan, 2017–2025-yillarda esa o‘rtacha yoshi 56,5 yosh bo‘lgan paytda miya MRT tekshiruvi o‘tkazilgan.
Ishtirokchilarning 133 nafarida, ya’ni 70 foizida hayotining ma’lum davrida klinik semizlik kuzatilgan. Tadqiqotchilar semizlik qancha uzoq davom etsa, MRTda kichik qon tomirlari shikastlanishini ko‘rsatuvchi belgilar ham shuncha ko‘payishini aniqlagan.
50 yoshdan oshgan va klinik semizlik kuzatilgan ishtirokchilarda bunday belgilar hech qachon semizlik kuzatilmaganlarga nisbatan ikki baravar ko‘p bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!