Belgiyaning Lyoven shahri meri Muhammad Riduani “Den Dref” stadionida Bryusselning “Yunion” va Isroilning “Xapoel” (Beer-Sheva) jamoalari o‘rtasidagi Yevropa Ligasi uchrashuvini o‘tkazishni taqiqladi. Bu haqda VRT telekanaliga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
Merning so‘zlariga ko‘ra, qaror xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat sabab qabul qilingan.
“Xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘yin bo‘lib o‘tishi mumkin emas. Biz xavfsizlikni kafolatlay olmaymiz”, — dedi Riduani.
“Yunion” klubi shahar hokimiyatining qarorini inobatga olgan. Ayni paytda klub vakillari uchrashuvni o‘tkazish uchun muqobil variant topish maqsadida manfaatdor tomonlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Bryussel jamoasi Yevropa Ligasi umumiy bosqichidagi uy uchrashuvlarini Lyovenda o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Bunga sabab klubning “Jozef Maryen” stadioni UEFA talablariga javob bermasligidir.
Bu Belgiyada Isroil jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlarning xavfsizlik sababli boshqa joyga ko‘chirilishi bilan bog‘liq ilk holat emas. 2024-yilda Belgiya terma jamoasi Millatlar ligasida Isroilga qarshi uy uchrashuvini Vengriyaning Debretsen shahrida o‘tkazgan.
2026-yil mart oyida esa Belgiya ayollar terma jamoasining Isroilga qarshi uchrashuvi ham xavfsizlik nuqtai nazaridan Vengriyada bo‘lib o‘tgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!