“Napoli” yarim himoyachisi Skott Maktominey yurak bilan bog‘liq muammo sabab vaqtincha futbol maydonlaridan chetda qoladi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchiga yengil darajadagi yaxshi sifatli aritmiya tashxisi qo‘yilgan.
29 yoshli futbolchi yaqin kunlarda yurak aritmiyasini bartaraf etishga qaratilgan kichik jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi. Maktominey taxminan bir oy davomida maydonga tusha olmaydi va sentyabr-oktyabr oylaridagi xalqaro tanaffusdan so‘ng “Napoli” safiga qaytishi kutilmoqda.
Maktominey 2024-yildan buyon “Napoli” sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa safida 82 ta uchrashuvda 27 ta gol urgan. Shotlandiyalik futbolchi klub bilan Italiya chempionati va Italiya Superkubogida g‘olib chiqqan.
Futbolchi 2017–2024-yillarda “Manchester Yunayted” safida to‘p tepgan. U ushbu klub bilan Angliya Kubogi va Liga Kubogida bir martadan zafar quchgan.
Maktominey ayni paytda Shotlandiya terma jamoasining ham asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!