O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Qirg‘iz Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi Birinchi xonimlari bilan birgalikda Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.
Birinchi xonimlar qirg‘iz xalq amaliy bezak san’ati ustalarining ijodiy ishlari namoyish etilgan ko‘rgazma bilan tanishdilar.
"Salbuurun" milliy federatsiyasi vakillari mehmonlarga qirg‘iz tayganlari va qo‘lga o‘rgatilgan burgutlarni namoyish etib, qadimiy ovchilik an’analari haqida ma’lumot berishdi.
Dastur yakunida "Enesay" qabul uyida oliy martabali mehmonlar e’tiboriga Qirg‘iziston bolalar musiqa va raqs jamoalarining konserti tomosha qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!