$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Yevroittifoq ChatGPT, Reddit va Roblox’ni qattiq nazoratga oldi

09:59 / 02.09.2026

Yevropa Komissiyasi ChatGPT’ni “juda yirik onlayn qidiruv tizimi”, Reddit va Roblox’ni esa “juda yirik onlayn platformalar” qatoriga kiritdi. Shu tariqa mazkur xizmatlar Yevropa Ittifoqining Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuni (DSA) doirasidagi eng qat’iy nazorat talablariga bo‘ysunadigan bo‘ldi.

Yevrokomissiya ChatGPT’ning internetdan real vaqt rejimida ma’lumot izlash va foydalanuvchilarga savollariga javob berish imkoniyatini ham hisobga olgan. Shu sababli sun’iy intellekt chatbotiga qidiruv tizimlariga qo‘yiladigan talablar ham tatbiq etiladi. Bu ChatGPT DSA doirasida “juda yirik onlayn qidiruv tizimi” maqomini olgan ilk AI chatbot bo‘ldi.

Reddit va Roblox esa foydalanuvchilarga kontent yaratish va uni keng auditoriyaga tarqatish imkonini berishi sababli juda yirik onlayn platformalar sifatida tasniflangan.

DSA talablariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida oyiga kamida 45 million foydalanuvchiga ega bo‘lgan servislar “juda yirik” platforma yoki qidiruv tizimi hisoblanadi. OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil martida yakunlangan olti oy davomida ChatGPT’ning qidiruv funksiyasidan YI hududida oyiga o‘rtacha 159 million kishi foydalangan. Reddit auditoriyasi 57,2 million, Roblox’ning Yevropadagi foydalanuvchilari esa qariyb 48 millionni tashkil etgan.

Yangi talablarni bajarish uchun kompaniyalarga 2026-yil noyabr oyining oxirigacha muddat berilgan. Shundan so‘ng ular har yili o‘z xizmatlari va algoritmlari bilan bog‘liq tizimli xavflarni baholab, ularni kamaytirish choralarini ko‘rishi kerak bo‘ladi.

Nazorat, xususan, noqonuniy kontent tarqalishi, voyaga yetmaganlarni himoya qilish, foydalanuvchilarning ruhiy va jismoniy salomatligiga ehtimoliy ta’sir, inson huquqlari, saylov jarayonlari hamda jamoat xavfsizligi bilan bog‘liq xavflarni qamrab oladi.

Bundan tashqari, ChatGPT, Reddit va Roblox mustaqil auditdan o‘tishi, shuningdek, nazorat organlari va tekshirilgan tadqiqotchilarga zarur ma’lumotlarni taqdim etishi lozim.

ChatGPT va Reddit faoliyati Yevrokomissiya hamda Irlandiyaning raqamli xizmatlar bo‘yicha vakolatli organi tomonidan, Roblox esa Niderlandiya Iste’molchilar va bozorlar boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi.

Mazkur qarordan so‘ng DSA’ning eng qat’iy talablariga bo‘ysunadigan yirik platformalar va qidiruv tizimlari soni 28 taga yetdi.

Yevropa Ittifoqi ushbu qonun doirasida texnologik kompaniyalarga jami qariyb 870 million yevro miqdorida jarima solgan. Jumladan, 2026-yil iyul oyida AliExpress noqonuniy va qalbaki mahsulotlar savdosining oldini olish talablarini yetarli darajada bajarmagani uchun 550 million yevro, Temu esa 200 million yevro jarimaga tortilgan.

X ijtimoiy tarmog‘iga esa 2025-yil dekabrida kontent moderatsiyasi va shaffoflik talablarini buzganligi uchun 120 million yevro jarima solingan.

DSA talablarini jiddiy buzgan kompaniyalarga ularning global yillik aylanmasining 6 foizigacha miqdorda jarima qo‘llanishi mumkin.

Yevropa Ittifoqining texnologik kompaniyalarga nisbatan qat’iy nazorati AQSH ma’muriyatining ham e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Donald Tramp ma’muriyati Yevropaning Amerika texnologik kompaniyalariga nisbatan raqamli tartibga solish siyosatini bir necha bor tanqid qilgan.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026

														
														Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Bugun, 5-sentabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
10:29 / 05.09.2026

														
														Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida boqilayotgani aytilgan “akula” aslida akula emas, Siam somi ekani ma’lum bo‘ldi.
10:21 / 05.09.2026

														
														Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026

														
														Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026

														
														Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026

														
														Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

“Buxoro suv ta’minoti” AJning sobiq nazoratchisi 25 nafar fuqarodan suv iste’moli uchun deb olgan mablag‘larni o‘z ehtiyojla…
17:08 / 04.09.2026

														
														Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

3-sentabr kuni Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritgan Way II hamkorlariga 2026-yilning birinchi yarim yill…
14:50 / 04.09.2026

														
														Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026

														
														Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelgusi yetti yil ichida G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq falastinlikni …
14:24 / 04.09.2026

Bu ham qiziq

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026
Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olgan. Glinka ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
17:01 / 03.09.2026
Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giy…
10:32 / 04.09.2026
3-sentyabrda dollar kursi tushadi!

3-sentyabrda dollar kursi tushadi!

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiy…
18:06 / 02.09.2026
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026
Poytaxtda avtomobillar soni 30 foizga oshdi

Poytaxtda avtomobillar soni 30 foizga oshdi

2026-yil 2-sentyabr — yangi o‘quv yilining ilk kunida Toshkent ko‘chalaridagi transport oqimi 24-avgustdagi odatiy ish kunig…
09:48 / 03.09.2026
Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Internetda noyabr oyidan boshlab, vizasiz mamlakatlar fuqarolari uchun Qozog‘istonga kirishga pulli elektron ruxsatnoma jori…
18:35 / 02.09.2026
Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 o‘tkaziladi

Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 o‘tkaziladi

6-sentabr kuni Toshkent shahrida Tashkent International Half Marathon – 2026 xalqaro yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Isht…
15:11 / 02.09.2026
Shayxa Al-Mayassa ishtirokida Qatorda «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasi ochildi.

Shayxa Al-Mayassa ishtirokida Qatorda «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasi ochildi.

Kuni kecha Saida Mirziyoyeva Qatar Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining o…
11:38 / 03.09.2026
Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!