Tishlarni g‘ijirlatish (bruksizm) bolalarda keng tarqalgan va ota-onalarni tashvishga soladigan muammodir. Bu hodisa hech qanday kasallik bilan bog‘liq emas. Bu bola organizmidagi endokrin, ovqat hazm qilish va asab tizimlari buzilishining alomatidir. Bu holatda bolaning xatti-harakatlaridagi boshqa o‘zgarishlarga ham e’tibor qaratish talab etiladi. Aniq sababni esa faqat shifokor to‘liq tekshiruvidan so‘ng aniqlash mumkin.
Bruksizm va uning ko‘rinishlari
Bruksizm – bu jag‘larning haddan tashqari siqilishi tufayli yuzaga keladigan patologik holat hisoblanadi.
5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning deyarli 50 foizida tishlarni g‘ijirlatish kuzatiladi. Bu holat chaynash mushaklarining spazmi bilan bog‘liq bo‘lib, beixtiyor sodir bo‘ladi. Odatda, patologiya kechasi 10-15 soniya davom etadi. Shu bilan birga, tishlarning kun davomida g‘ijirlatish yaqqol sezilishi ham ota-onalarni tashvishga soladi.
Tishlarning g‘ijirlatishiga qo‘shimcha ravishda, bolada patologiya quyidagi simptomlarda aks etishi mumkin:
Tishlarni g‘ijirlatishning asosiy sabablari
Tishlarni patologik g‘ijirlatishning aniq sabablari aniqlanmagan. Bolaning tishlarini g‘ijirlatishi mumkin bo‘lgan quyidagi boshqa sabablar ham bo‘lishi mumkin:
Agar uyqu paytida bolada bir necha marta tish g‘ijirlatish xuruji kuzatilsa, bola bezovtalansa, (nafas olishi tezlashib, uyqusida gaplashsa) bu holat hissiy qo‘zg‘alishdan dalolat beradi. Ko‘pincha hissiy jihatdan sezgir, haddan tashqari faol bo‘lgan bolalarda bu holat namoyon bo‘ladi.
Tungi bruksizmni paydo bo‘lishiga yangi uyga ko‘chib o‘tish, bolalar bog‘chasiga chiqish, ota-onalarning ajralishi yoki uyda tez-tez janjal bo‘lishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Kunduzi bola o‘z his-tuyg‘ularini ko‘rsatmaslikka harakat qiladi va hammasi to‘planib, kechasi tishlarini g‘ijirlatish orqali “namoyon etadi”.

Gijjalar nima deydi?
Tishlarni g‘ijirlatish gijjalardan dalolat degan keng tarqalgan fikr mavjud. Bu ko‘pincha maktabgacha yoshdagi bolalarning gelmintlardan aziyat chekishi bilan bog‘liq. Va bu yoshdagi bolalar uchun tishlarni g‘ijirlatish odatiy holdir. Shuningdek, bola organizmida gijjalar paydo bo‘lishi so‘lakning ko‘payishi bilan izohlanadi. Bu jag‘larning siqilishiga sabab bo‘ladi, bu esa tishlarning g‘ijirlatishiga olib keladi. Ammo tadqiqotchilarning fikricha, bu shunchaki tasodif. Bolada gijjalarning mavjudligi va bruksizm o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik aniqlanmagan.
Bruksizm qay darajada xavfli?
Bruksizm bolaning rivojlanishi va sog‘ligida jiddiy muammo tug‘dirmaydi. Agar tishlarni g‘ijirlatish bir necha oy davomida tez-tez takrorlansa, shifokorning maslahati zarur. Aks holda, bruksizm quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
Agar bola tushida tishlarini g‘ijirlatsa nima qilish kerak?
Xurujlar sodir bo‘lish davomiyligiga e’tibor bering – kunduzi, kechasi, uyda yoki jamoat joyida. Shuningdek, bolaning xatti-harakatlaridagi boshqa buzilishlarni va uning sog‘lig‘idagi shikoyatlarini qayd eting. Pediatr bilan maslahatlashib, ko‘rsatma so‘rang. Shifokor tomonidan tayinlangan tekshiruvlardan o‘ting va kerakli muolajalarni oling.
Quyidagi maslahatlar bruksizm bilan kurashishga yordam beradi:
Agar bola tez-tez shamollasa, unda surunkali burun oqishi yoki burun bitishi kuzatilsa, unda adenoidlarni tekshirtirish talab etiladi.

Tushda tishlarni g‘ijirlatishni davolash va oldini olish
Bruksizm uchun maxsus davolash usuli mavjud emas. Shifokorning asosiy vazifasi patologiyaning sababini aniqlashdir. Bu esa davolash rejasini ishlab chiqishga asos bo‘ladi. Tishlarni g‘ijirlatishni bartaraf etish uchun dori terapiyasi, fizioterapiya, hissiy holatni tuzatish va stomatologik usullardan foydalaniladi, masalan, tishlarga himoya qopqoqlarni o‘rnatish.
Terapiyaning asosiy usullari:
Tish shifokori maxsus himoya qopqog‘ini o‘rnatish orqali tishlarni g‘ijirlatishdan himoya qilishga yordam beradi. U yumshoq materialdan tayyorlangan bo‘lib, noqulaylik tug‘dirmaydi. Uni faqat kechasi taqish tavsiya etiladi.
Shuningdek, tish emalining shikastlanishi va sezgirligi bo‘lsa, tishlarni remineralizatsiya qilish amalga oshiriladi. Agar kerak bo‘lsa, kariyes davolanadi.

Bruksizmni qanday oldini olish mumkin: ota-onalar uchun maslahat
Asosiy profilaktika chorasi uyda qulay, xotirjam va ishonchli muhit yaratishdir. Siz oilangizda hamma narsa yaxshi deb o‘ylasangiz ham, bola boshqacha fikrda bo‘lishi mumkin.
Farzandingizga his-tuyg‘ularini yengishga yordam berishga harakat qiling. Hayvonlar bilan muloqot qilish, muammolar to‘g‘risida suhbatlashish, o‘yinchoqlardan suhbatdosh sifatida foydalanish yaxshi yordam beradi.
Mutaxassislarning profilaktik tekshiruvlarini e’tiborsiz qoldirmang. Kariyesni tezda davolang. Bolaning ratsionini vitaminlar bilan boyitishga harakat qiling. Bolani har kuni ochiq havoda aylantiring.
Tishlarni bir-ikki marta g‘ijirlatish tashvishga sabab emas. Ammo, agar bruksizm xurujlari tez-tez takrorlansa, sababni aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashing.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!