$
12114.97 UZS
40.69
162.07 UZS
1.21
14260.53 UZS
41.86
31° Kechasi 18°

Bolalardagi autizm: sabablar, ilk belgilar va davolash usullari

10:25 / 18.04.2022

Autizm – ruhiy buzilishning ogʻir turlaridan biri boʻlib, atrofdagilardan uzoqlashishga harakat qilish va his-tuygʻularni biz odatlangan koʻrinishda ifodalab bera olmaslik orqali namoyon boʻladi. Autizm miya faoliyatiga bevosita taʼsir qiluvchi nevrologik buzilishlar natijasida kelib chiqadi.

Autizmning qanday qilib va nima sababdan paydo boʻlishi, boladagi autizmning ilk belgilarini qanday aniqlash mumkinligi haqida quyida suhbatlashamiz.

Bolalardagi autizm: ruhiy buzilishning ilk belgilari qanday?

Koʻp hollarda autizm 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda paydo boʻladi, ammo uning ilk belgilariga aksariyat ota-onalar eʼtibor qaratishmaydi.

Autistik buzilishning belgilari 2-3 yoshlarda koʻzga tashlanishi ehtimoli yuqori. Autizmning ilk bosqichlarida bola ota-onaning ayrim harakatlariga javob qaytarmaydi, ularga befarqlik bilan munosabatda boʻladi. Atrofdagi odamlar, qarindosh-urugʻlar, ularning farzandlari bilan doʻstona va iliq munosabatlar oʻrnata olmaydi. Ular ota-onalarining shirin soʻzlari, erkalashlariga tabassum bilan javob qaytarishmaydi, jonsiz buyumlarga ham, odamlarga ham bir hil munosabatda boʻlishadi. Asosiy belgilardan yana biri – boshqalarning koʻzlariga tik qaray olmaslikdir. Ular koʻzlarining atrofdagi odamlar koʻziga tushib qolmasligiga harakat qilishadi.

Nutq buzilishlari, gapira olmaslik, ijodiy yondashuvni talab qiluvchi oʻyinlarni oʻynay olmaslik ham autizm belgilari boʻlishi mumkin. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, autizmga chalingan bolalarning harakatlarida bir xillik, uyqu buzilishlari, tajovuzkorlikka moyillik va qoʻrquv ham kuzatiladi.

Autizm sababi nima?

Bolalardagi autizmga aynan nima sabab boʻlishi olimlar tomonidan bugungi kunga qadar toʻliq oʻrganilmagan. Daun, Patau, Marfan va boshqa turdagi sindromlardan farqli ravishda autizmda bemor organizmda hech qanday irsiy anomaliyalar qayd etilmaydi. Ekspertlar autizmga chalingan bolalarning aksariyatida bu holatga tugʻruq jarayoni va homiladorlik vaqtidagi qiyinchiliklar sabab boʻlganini aytishadi.

Miya faoliyatida buzilishlar kuzatila boshlagach, bemorda giperfaollik va intellektning pasayishi qayd etiladi. Shunga qaramasdan, mutaxassislar autizmga maʼlum belgilarga qarab tashxis qoʻyish qiyin ekanligini aytishadi. Aniq tashxis qoʻyish uchun shifokor koʻmagi va bir qator tahlillar kerak boʻladi.

Tashxis qanchalik erta qoʻyilsa, ota-ona va mutaxassislar davolash jarayonini shunchalik erta boshlashlari mumkin.

Autizmga chalingan bolalarning bir qismi oʻrta maktabni tugatishadi, kasb oʻrganishadi, nufuzli joylarda ishlashadi. Shunga qaramasdan, autizmga chalingan insonlarning shaxsiy hayotni izga tushirishlari va oila qurishlari juda qiyin boʻladi.

Autizmni davolash mumkinmi?

Mutaxassislar autizmni davolash uchun bir nechta usullarni taklif etishadi. Ularning aytishlaricha, kichik yoshdagi bemorga har tomonlama yordam berish zarur. Yaʼni, davolash muolajasi oʻzida tibbiy aralashuvni ham, bolaning ijtimoiy moslashuvini ham, ruhiy koʻmakni ham jamlagan boʻlishi kerak. Ayrim hollarda nafaqat bolaga, balki uning ota-onasiga ham ruhshunos koʻmagi kerak boʻladi.

Kasallikni davolash jarayonida bolaning ota-onasi va boshqa oila aʼzolari bilan oʻzaro munosabatlarini yaxshilashga ham katta eʼtibor qaratiladi, unga qoʻrquvni yengish, agressiv xurujlarga qarshi kurashish oʻrgatiladi.

Autizmga chalingan bolalarning ota-onalaridan katta masʼuliyat talab etiladi. Eng muhimi, autizmni – dahshatli hukm deya qabul qilmaslikdir.

Asperger sindromi haqida bilasizmi?

Asperger sindromi – autizmning bir turi boʻlib, unda aqliy salohiyat saqlanib qoladi, bemor atrofdagilar bilan kam boʻlsa-da gaplashadi, kognitiv funksiyalar yaxshi ishlaydi, aqli zaiflik alomatlari koʻzga tashlanmaydi, ammo ularning atrofdagi odamlarga moslashib ketishlari qiyin kechadi. Asperger sindromiga chalingan bolalar odamlardan uzoqlashishga harakat qilishadi, ularning gap-soʻzlarini tushunmasliklari ham mumkin. Shu bilan bir vaqtda uning aqliy salohiyati tengdosh bolalarnikidan kam boʻlmaydi, intellektual yoʻnalishlarda ulardan oʻzib ketishi ham mumkin.

Asperger sindromiga chalingan bolalar maʼlum bir yoʻnalishga qiziqishlari bilan ajralib turishadi. Misol uchun, ular televizordagi bitta koʻrsatuvni tinmay tomosha qilishlari, yuzlab oʻyinchoqlar orasidan faqat bittasini tinimsiz oʻynashlari mumkin. Buning oʻziga yarasha ijobiy tomoni ham bor, aslida. Asperger sindromiga chalingan bola oʻzi qiziqqan mashgʻulotga diqqat-eʼtibor bilan kirishadi, kichik jihatlarga ham qiziqish bildiradi. Ularning aksariyat qismi matematika, musiqa, rasm chizish yoʻnalishlarida ajoyib natijalarga erishadilar.


salomatlik


														
														Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026

														
														“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

So‘nggi paytlarda COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) shtammi haqida xabarlar tarqalmoqda.
10:35 / 17.04.2026

														
														Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Rasmiylar vafot etgan bolalarning uyidan topilgan siroplarni vaqtincha sotishni to‘xtatdi.
20:42 / 03.10.2025

														
														O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

Toshkentdagi xalqaro akademik markaz — mintaqaviy innovatsion markazga aylanmoqda;
17:09 / 26.09.2025

														
														Piskent va Bo‘ka tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Piskent va Bo‘ka tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Hozirda bemorlardan olingan tahlillar va oziq-ovqat namunalari laboratoriyada tekshirilmoqda. Rasmiy xulosalar chiqqach, qo‘…
10:08 / 25.09.2025

														
														Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Bu borada mutaxassis fikri bilan tanishamiz
21:03 / 27.08.2025

														
														Gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 85 foiz holatlarda oxir-oqibat nogironlikka olib kelmoqda

Gipertoniya, yurak ishemik kasalligi va qandli diabet 85 foiz holatlarda oxir-oqibat nogironlikka olib kelmoqda

Prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi loyihalarning taqdimoti bilan tanishdi
20:47 / 19.08.2025

														
														Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Olimlar hatto unutilgan xotirani tiklashni ham o‘rganishdi
21:51 / 10.08.2025

														
														Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Mazkur ishlarning tahlili haqida Virusologiya instituti direktori Erkin Musaboyev axborot berib o‘tdi
19:18 / 20.07.2025

														
														2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu bo‘yicha rasmiy statistikani taqdim etdi
21:26 / 08.07.2025

Bu ham qiziq

Epshteyn o‘limidan oldin yozgan maktub oshkor qilindi

Epshteyn o‘limidan oldin yozgan maktub oshkor qilindi

AQShda Nyu York federal sudi marhum moliyachi va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epshteyn tomonidan yozilgani aytilayot…
10:45 / 07.05.2026
Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiyaning Tashqi ishlar vazirli diplomatik vakolatxonalarni Moskva Ukrainaning 9-maydagi G‘alaba kunini nishonlash marosim…
09:42 / 07.05.2026
9-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

9-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19:12 / 08.05.2026
Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026
Top blogerlar qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Top blogerlar qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2025-yilda 3 milliondan ortiq obunachiga ega 6 nafar mashhur bloger jami 2,7 milliard so‘m daromad olgan.
09:36 / 07.05.2026
Navoiyda 14 nafar bolani olib ketayotgan Matiz halokatga uchradi, haydovchi vafot etdi

Navoiyda 14 nafar bolani olib ketayotgan Matiz halokatga uchradi, haydovchi vafot etdi

YHXX xabariga ko‘ra, joriy yilning 5-may kuni soat 09:05 larda Navoiy viloyati, Nurota tumanida Matiz ishtirokida YTH sodir …
17:49 / 06.05.2026
Buxoroda YPX xodimi piyodani urib yubordi

Buxoroda YPX xodimi piyodani urib yubordi

Joriy yilning 27-aprel kuni Buxoro viloyatida YPX xodimi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat …
17:10 / 07.05.2026
O‘zbekistonda propiska tartibi yangilandi

O‘zbekistonda propiska tartibi yangilandi

O‘zbekistonda fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi tasdiqlandi.
09:29 / 07.05.2026
O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylaridan 60 nafari qolgan

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylaridan 60 nafari qolgan

O‘zbekistonda ayni paytda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan jami 60 nafar faxriy istiqomat …
11:07 / 07.05.2026
O‘zbekiston MTJga yangi murabbiy qo‘shildi

O‘zbekiston MTJga yangi murabbiy qo‘shildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo‘shildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyas…
17:29 / 07.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!