$
12014.48 UZS
-39.55
166.61 UZS
-0.44
13858.70 UZS
-73.35
31° Kechasi 18°

Daholarning antiqa odatlari haqida eshitganmisiz?

11:08 / 29.11.2022

Bu dunyodagi har bir inson antiqa, boshqalar uchun tushunarsiz va oʻziga xos odatlarga ega boʻlishi mumkin.

Misol uchun, kimdir tong payti karavotdan faqatgina oʻng oyogʻi bilan tushsa, ayrimlar maʼlum rangdagi liboslarni kiyishdan voz kechadi. Albatta, bu borada daholar ham istisno emaslar. Insoniyatning eng aqlli vakillari shunday antiqa odatlarga ega boʻlganlarki, ularni eshitib hayratdan yoqa ushlaysiz. Demak, bugun ularning antiqa odatlari haqida bilib olamiz.

Albert Eynshteyn

Albert Eynshteyn – dunyodagi eng mashhur olimlardan biri. U fizika sohasiga oid 300 dan ortiq ilmiy ishlar, falsafa, tarix va noshirlik boʻyicha 150 dan ortiq kitob va maqolalar muallifi, bir soʻz bilan aytganda oʻta iqtidorli inson boʻlgan. Aynan mana shu olim tomonidan oʻta muhim fizik nazariyalar yaratilgan. Shunday ajoyib ishlarga ulgurgan odam umr boʻyi hech qachon paypoq kiymagan ekan. Taxminlarning biriga koʻra, ushbu odat unga yoshlik yillaridan hamroh boʻlib qolgan. Bu paytlarda Eynshteyn paypoqning uchini bosh barmoq teshib qoʻyaverishi sabab undan butunlay voz kechgan. Yana bir taxminga koʻra, mazkur odat unda rafiqasi oʻlimidan keyin paydo boʻlgan, ayolining vafotidan soʻng olim oʻziga butunlay qaramay qoʻygan. Eynshteyn paypoqlardan butunlay voz kechib, hamisha sandal kiyib yurgan. Olimning miyasi “taqdir”i ham juda qiziqarlidir.

Daho olim vafotidan keyin miya uning tanasidan patologanatom Tomas Xarvi tomonidan chiqarib olinadi va saqlab qoʻyiladi. Xarvi ushbu tana aʼzosini turli burchaklardan suratga olgan, keyin esa miyani 240 ta boʻlak shaklida kesib, formalin eritmasi ichida saqlagan. Albatta, buning hayratlanarli joyi boʻlmasligi mumkin, ammo, Albert Eynshteyn hayotlik paytlarida buni vasiyat qilmagan edi-da. Bundan kelib chiqadiki, buyuk olimning miyasi oʻgʻirlangan va Xarvida 30 yil davomida yashirincha saqlangan. Tekshiruv ishlaridan keyin miya topib olingan. Mutaxassislar olim miyasining soʻzlash va til uchun uchun javob beradigan qismi kichraygani, raqamlar va maʼlumotlar uchun javob beradigan qismi esa kattalashganini aytib oʻtganlar. Ushbu maʼlumotlarning bari mantiqqa toʻgʻri keladi, ammo miyaning umumiy ogʻirligi uning hayotlik paytlarida shu yoshdagi erkaklar miyasidan 200 grammga kam boʻlgan ekan.

Salvador Dali

Salvador Dalining antiqa odatlari haqida juda koʻpchilik eshitgan boʻlsa kerak. U insoniyat tarixidagi eng buyuk rassomlardan biri sanaladi.

Rassomning barcha antiqa odatlarini sanab oʻtish uchun anchagina vaqt kerak, ammo ushbu odatlarning umumiy koʻrinishini tasvirlab berishimiz uchun bir necha lahza ham yetib ortadi. Misol uchun rassom Parij hayvonot bogʻida yashaydigan chumolixoʻrni oʻz vasiyligiga olgan, uni koʻchalarga sayrga ham olib chiqqan. Ushbu sayrning tarixiy suratlari hamon saqlanib qolgan. Eng qizigʻi, jonivor rassomning uyida yashamagan. Sababi Salvador Dalining uyida shundoq ham otselot yashardi. Kunlarning birida rassom oʻz intervyusini daraxt ustida oʻtirib olgancha bergan, Londondagi xalqaro syurrealistlar koʻrgazmasiga gʻavvoslar kiyimida, bir qoʻliga bilyard kiyini ushlab olgancha kelgan. Oʻzining aytishicha, bu orqali insonlarning ongiga qanchalar chuqur kirib borishini namoyish qilgan ekan.

Rassom tushlarining suratlar uchun maxsus tasvirlar olib kelishiga ishonar edi. Shu sababli har doim kursiga oʻrnashib olgancha qoʻliga ogʻir kalitni ushlab uyquga ketgan. Mizgʻiy boshlagan rassomning barmoqlari boʻshashgach, kalit pastga tushgan, uning ovozidan uygʻongan Dali esa tushlarini esga olib, suratlar chizgan. Balki ushbu usullar haqiqatan ham uning muvaffaqiyatiga sabab boʻlgandir? Eng qizigʻi rassomning oʻlim onlari yaqinlashganidan keyin boshlagan. U oʻzini odamlar har kuni ustidan yurib oʻtadigan qabr ichiga koʻmishni vasiyat qilgan. Oqibatda uning jasadini Figeras shahridagi Dali teatr muzeyi xonalarining biri ostiga koʻmganlar. Endilikda har kuni minglab odamlar uning vasiyatiga koʻra bu yerdan oʻtib yurishadi.

Mikelanjelo

Buyuk italyan rassomi va haykaltaroshining taqdiri koʻpchilikka maʼlum. Birgina Adam asarining oʻzi ham uning mahoratidan yetarlicha darak beradi. Ammo rassom betakror iqtidor bilan birga antiqa odatlarga ham ega boʻlgan. U ovqat va ichimliklarga butunlay befarq edi. Faqat kerak boʻlgan paytlardagina ochlik azobini yengish uchun tanovul qilgan, xolos. Aksariyat holatlarda liboslari hamda etigini yechmasdan uxlagan. Uning bu odati koʻpchilikning hayratiga sazovor boʻlgan. Mikelanjelo bir necha sutka davomida tinmay ishlashi, ish joyidagi chang, loy va boʻyoqlar orasida dong qotib uxlashi ham mumkin edi.

Uning atrofdagi odamlar bilan aloqasi ham juda gʻalati boʻlgan. U odamlarga nisbatan befarqlik koʻrsatgan, hattoki oʻz akasining oʻlimini eshitib zarracha taʼsirlanmagan. Bunday befarqlik va nafis sheʼrlar yozish qobiliyati bir odamda boʻlishi mumkinmi?

Gap shundaki, Mikelanjelo iqtidorli rassom va haykaltarosh boʻlibgina qolmay, 300 dan ortiq goʻzal sheʼrlar muallifi ham sanalgan.

Isaak Nyuton

Isaak Nyutonning yutuqlari haqida oramizda har bir inson bilsa kerak. Hech boʻlmaganda “Erning tortishish qonuni”ni aynan u kashf qilgani haqida bilasiz, toʻgʻrimi?

Ammo bugun tilga olingan boshqa olimlar kabi uning oʻtmishi ham antiqa hikoyalarga boy. Aytishlaricha, olim shunchalar tartibsiz va parishonxotir boʻlganki, doim va xar yerda oʻz hayollari ichida umr kechirgan. Misol uchun, kunlarning birida oʻz uyiga doʻstlarini mehmon qilish uchun chaqirgan. Ularga ichimlik keltirish uchun boshqa xonaga chiqib ketgan. Mehmonlar bir necha soat kutishgan, mezbondan esa darak boʻlmagan. Bu orada mehmonlar Nyutondan xavotirga tusha boshlaganlar. Yoʻq, bu olimning mehmondoʻst boʻlmagani yoki mehmonlardan bezgani bilan bogʻliq emas. Shunchaki, oʻz xonasiga ichimlik olish uchun kirgach, ishlari haqida oʻylanib qolgan. Antiqa gʻoya paydo boʻlib, qoʻshni xonada uni kutib oʻtirgan doʻstlari haqida butunlay unutgan.

Aytishlaricha, olimning koʻplab qoʻlyozmalari yoʻq boʻlib ketgan mashhur yongʻinga ham uning parishonxotirligi sabab boʻlgan, u stol ustidagi shamni oʻchirmay qoldirgan.

Ayrim tadqiqotchilar esa ushbu fikrni rad etib, yongʻinga lampani agʻdarib yuborgan kuchuk sabab boʻlgani haqida aytishadi.

Nikola Tesla

Zamonaviy olimlar ushbu insonga “XX asrni Tesla ixtiro qilgan” deya taʼrif berishadi. Uning ishlari bugungi kunda elektrotexnika sohasidagi yangiliklar uchun asos boʻlmoqda. AQShda esa u mashhurlik jihatidan tarixdagi istalgan olim yoki ixtirochi bilan bellashishi mumkin edi.

Mashhur olimning ham gʻalati odatlari yetarlicha boʻlgan ekan. Misol uchun, u mikroblardan juda ham qoʻrqqan.

qoʻllarini doimiy ravishda yuvib yurgan, mehmonxonaga borgan payti bir kunda 18 ta sochiq soʻragan. Shunda ham mehmonxonada u yashaydigan xonaning raqamini 3 ga oʻzgartirib berishlarini talab qilgan. Nima uchun ekanligini bilasizmi? Buni hech kim bilmaydi!

Agar tushlik paytida uning stoliga pashsha kelib qoʻnguday boʻlsa, boshqa ovqat olib kelishlarini buyurgan. Olim kun davomida 4 soat hordiq chiqargan, uning atigi 2 soati uyqu uchun sarf etilgan. Shunga qaramasdan, Nikola Tesla ajoyib gʻayrat va energiya sohibi edi. Misol uchun koʻchada sayr qilib yurgan payti kutilmaganda oʻz-oʻzidan sakray boshlar, Gyotening “Faust” asarini bir deganda yoddan aytib berardi.

Pifagor

Qadimgi yunon olimi Pifagor haqidagi fikrlar turli-tuman. Ayrimlar uni matematikaning asoschilaridan biri deb hisoblasa, yana ayrimlar Pifagorga gʻalati odam sifatida taʼrif beradilar. Aslida uning antiqa odatlari haqidagi maʼlumotlar koʻp emas, sababi ushbu olim eramizdan avvalgi zamonlarda yashagan, ammo u haqidagi ayrim maʼlumotlar bugungi kunga qadar yetib kelgan. Misol uchun, olim oʻzining shaxsiy eʼtiqodiga asos solgan. Uning oʻziga hos qoidalari bor edi, albatta. Ushbu qoidalar soni ikkita boʻlib, birinchisiga koʻra, ruhlarning koʻchib yurishiga ishonish zarur sanalgan. Ikkinchisi koʻra, olim dunyodagi barcha dukkakli mahsulotlarni dushman deya atagan. Ha, ha, gap odatiy dukkaklilar haqida bormoqda. Olim nima uchun ularni yomon koʻrgani haqidagi taxminlar juda ham koʻp. Ayrim faylasuflar buning sababi dukkaklilarni isteʼmol qilganda qorin sohasida havo hosil boʻlishi, shu sababli undan saqlanish kerakligi bilan bogʻlashgan. Mantiq qani deya savol berishga shoshilmang, bu savolning javobini Pifagordan boshqa hech kim bilmaydi!

Betxoven

Betxovenning kim ekanligi, uning qanday asarlar yaratgani haqida bilsangiz kerak, ammo ijodkorning oʻta qiziqarli va antiqa shaxs boʻlganidan xabardormisiz? Ushbu maʼlumotlar sizni hayratga solishi tayin.

Bir tasavvur qilinga, siz mashhur bastakorsiz, asarlaringiz odamlar orasida ommalashib ketgan, sizni omadli inson sifatida bilishadi. Dunyoning eng nufuzli odamlari musiqangizni tinglash uchun sizni sahnalarga taklif etadilar, bir soʻz bilan aytganda davr yulduzisiz. Oʻzingizni bu kabi holatda qanday tutgan boʻlardingiz?

Albatta, mashhurligingiz va yutuqlaringizga munosib ravishda, shunday emasmi?

Ammo ushbu taʼriflar Betxovenga tegishli boʻlmagan. U juda qoʻpol va keskin shaxs boʻlib, oʻz atrofidagi hududlarni tartibsizlik makoniga aylantirgan. Bunday uyni uning xizmatkorlari ham tozalay olmaganlar. Uning uyi har doim tartibsiz holatda boʻlgan. Bundan tashqari, buyuk bastakor oʻzining tashqi koʻrinishiga ham eʼtibor qaratmagan. Yodga tushsa soqol olgan xolos, shu sababli ham uning koʻrinishi daholarni emas, kimsasiz oroldan kelib qolgan yovvoyi insonlarni eslatib yuborgan.

Alfred Xichkok

Dunyoga betakror filmlarni tuhfa qilgan Xichkokning zamondoshlari soʻziga koʻra, rejissyorning faqat koʻrinishi yoqimtoy boʻlgan xolos. Ammo uning suhbatdoshiga aylangan inson bir necha daqiqadan keyin ijodkor bilan bir davrada oʻtirishni ham istamay qolardi. Sababi Xichkokdagi yumor hissi antiqa boʻlgan. Misol uchun, u baliq hidini yomon koʻradigan odamlarning biriga 400 ta dudlangan baliq sovgʻa qilgan. Tong paytida choy ichgandan keyin finjonini yelkasidan orqaga qarata otgan va uning sinishini kutib turgan. Ushbu odat uning umri oxirigacha qolib ketgan, rejissyorning oʻzi esa buni asablar uchun foydali deya taʼriflagan. Har holda, aktyorlarni koyigandan yaxshiroq-ku.

Mashhur rejissyor Nyu-Yorkdagi barcha koʻchalarning nomi va ularning joylashuvini aniq bilgan, boshqa shtatlardagi

poyezdlarning ish tartibini ham aytib bera olgan. Ayrimlar esa uni oʻta sinchkov inson sifatida taʼriflaydilar. Qizigʻi, u hech qachon oʻz filmlarini tomosha qilmagan, aytishicha ularni juda qoʻrqinchli boʻlgani uchun ham koʻrmagan ekan. Bundan tashqari Xichkokning antiqa fobiyasi boʻlgan.

Aytishlaricha, u oval shaklidagi buyumlardan qattiq qoʻrqqan. Qaynatilgan tuxumni koʻrib qolgan rejissyorning ahvolini bir tasavvur qiling-a!

Pablo Pikasso

Butun dunyoga mashhur insonlardan biri, rassom, kubizm asoschilaridan biri Pablo Pikassoni dunyodagi eng qimmat rassom deya taʼriflaydilar. Jahon miqyosida olib qaraydigan boʻlsak, sanʼat asarlarining oʻgʻirlanishi boʻyicha uning suratlari birinchi oʻrinda turadi. Taxminimizcha, rassom hayotlik yillarida ham bunday kelajakdan xabardor boʻlgan. Aytishlaricha, u surat xaridorlari bilan savdolashayotgan paytida har doim qoʻlida qurol tutib turgan va bu orqali asar narxini pasaytirib yubormasliklari uchun harakat qilgan. Boshqa bir versiyaga koʻra, uning mazkur harakatiga oʻz revolverini haddan tashqari yaxshi koʻrishi sabab boʻlgan.

Xaridorlar bilan muloqot qilish paytida oʻzini bosib turgan rassom koʻchalarda sayr qilib yurgan paytlari oʻtgan-ketganga qarata quroldan oʻq uzgan. Haqiqiy oʻq emas, albatta. Agar notanish yoʻlovchi unga yoqmasa yoki rassom bilan til topishishning uddasidan chiqa olmasa, Pikasso choʻntagidan qurolini chiqarib, uni ham otgan ekan.


Qiziqarli


														
														JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

Bu ko‘rsatkich 2022-yil Qatar chempionatiga nisbatan 1,1 foizga yuqori bo‘lsa-da, umumiy ta’sir dinamikasi pasayib borayotga…
18:04 / 21.03.2026

														
														“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

2025-yili “Safia” brendi ostida faoliyat olib boruvchi “Madina-Qandolat” MChJ 1,2 trln so‘m daromad oldi. Bu haqda iHamkor.u…
15:39 / 19.03.2026

														
														Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Tadqiqotda insonlarning hayotdan qoniqish darajasi, ishonch, xavfsizlik va kelajakka ishonch kabi omillar baholangan. Mutaxa…
08:29 / 04.02.2026

														
														ChatGPT Yaponiyadagi kirish imtihonida eng yuqori ballni to‘pladi

ChatGPT Yaponiyadagi kirish imtihonida eng yuqori ballni to‘pladi

Bu haqda SI tizimlarini taqqoslagan LifePrompt kompaniyasi hisobotida qayd etilgan.
16:04 / 22.01.2026

														
														ChatGPT’ning bepul versiyalarida reklamalar paydo bo‘ladi

ChatGPT’ning bepul versiyalarida reklamalar paydo bo‘ladi

OpenAI kompaniyasi ChatGPT chatbotining bepul versiyasi va Go modeliga reklama kiritilishini e’lon qildi. Bu haqda OpenAI ra…
14:17 / 18.01.2026

														
														2026-yilda dunyoning eng boy insonlari ro‘yxati e’lon qilindi

2026-yilda dunyoning eng boy insonlari ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyoning eng boy 20 nafar milliarderining jami sarmoyasi taxminan 3,8 trillion dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich dunyod…
15:45 / 15.01.2026

														
														Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Ma’lum bo‘lishicha, yangi funksiya ChatGPT’ni kundalik vazifalarni hal qilishda universal ilovaga aylantirishga qaratilgan n…
17:22 / 14.01.2026

														
														Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Endi foydalanuvchilar Alisaga o‘zbek tilida savol berishlari mumkin va u ruscha yoki o‘zbekcha javob bera oladi.
09:45 / 24.09.2025

														
														Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025

														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

Bu ham qiziq

“Fransiyaga borish shart emas” — lavanda bog‘i endi O‘zbekistonda

“Fransiyaga borish shart emas” — lavanda bog‘i endi O‘zbekistonda

Fransiyadagi mashhur Provans dalalarini ko‘rish uchun endi minglab kilometr yo‘l bosish shart emas.
12:42 / 11.06.2026
Toshkentdagi “Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi

Toshkentdagi “Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi

Toshkent metropolitenining “Chinor” bekatida rekonstruksiya ishlari boshlanishi munosabati bilan 13-iyundan boshlab stansiya…
15:40 / 10.06.2026
Bolalarga avtomobil boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Bolalarga avtomobil boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan taqdimotda voyaga yetmaganlarga avtomobil boshqarishga ruxsat berilishi bi…
08:24 / 12.06.2026
Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRIHavo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gac…
17:41 / 11.06.2026
O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSH vizasini ololmadi

O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSH vizasini ololmadi

JCH–2026 o‘yinlarini stadionlarda tomosha qilishni rejalashtirgan ko‘plab o‘zbekistonlik muxlislar AQSH vizasini olishda jid…
16:32 / 10.06.2026
JCH–2026 boshlandi: chetlatishlarga boy ochilish uchrashuvida Meksika JARni mag‘lub etdi

JCH–2026 boshlandi: chetlatishlarga boy ochilish uchrashuvida Meksika JARni mag‘lub etdi

11-iyun kuni Mexiko shahrida futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatiga rasman start berildi.
08:12 / 12.06.2026
34 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

34 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 34 kilogrammda…
11:57 / 12.06.2026
Rasman! Joze Mourinyo “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Rasman! Joze Mourinyo “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo rasman “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati m…
08:28 / 12.06.2026
Jurnalistlar surishtiruvlari ortidan 159 milliard so‘mlik qonunbuzilishlar fosh etildi

Jurnalistlar surishtiruvlari ortidan 159 milliard so‘mlik qonunbuzilishlar fosh etildi

O‘zbekistonda jurnalistlar va blogerlar tomonidan e’lon qilingan materiallar asosida 2026-yilning dastlabki besh oyida qiyma…
12:05 / 11.06.2026
Moskva shahriga amalga oshirilgan uch kunlik tashrif doirasida delegatsiyamiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasining yuqori martabali

Moskva shahriga amalga oshirilgan uch kunlik tashrif doirasida delegatsiyamiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasining yuqori martabali

Jumladan, Prezident Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Prezident matbuot kotibi va Adminis…
16:44 / 10.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!