Bu prezidentning 22-sentyabr kuni imzolangan farmonida belgilandi. Unga ko‘ra, 2026-yil dekabrgacha kompensatsiya to‘lash tartibini nazarda tutuvchi hujjat loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Mazkur vazifaga Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mas’ul etib belgilangan.
Shuningdek, tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarni elektrlashtirish ishlari jadallashtiriladi. Bu hududlarda isitish uchun elektr energiyasidan foydalanadigan iste’molchilar uchun imtiyozli tariflar joriy etish hamda energiya samarador maishiy texnika xaridini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Hozirda O‘zbekistonda tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan 1 916 ta mahalla mavjud. Ushbu hududlardagi isitish tizimlarini elektr energiyasiga o‘tkazish uchun zarur infratuzilma va qo‘shimcha elektr quvvati hajmi ham aniqlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!