Yangi nizomga muvofiq, ish joyida baxtsiz hodisa yuz berganda ish beruvchi zudlik bilan jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashi hamda uni kechiktirmay shifoxonaga yetkazishi shart. Shuningdek, hodisa haqida vakolatli organlar, kasaba uyushmasi va xodimning yaqin qarindoshlari zudlik bilan xabardor qilinishi lozim.
Maxsus komissiya voqea joyiga yetib kelgunga qadar sex yoki bo‘linma rahbari ish joyi, uskunalar va atrofdagi vaziyatni hodisa sodir bo‘lgan paytdagidek o‘zgartirmagan holda saqlashi kerak. Jabrlangan xodim yoki hodisa guvohlari sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa haqida rahbariyatga darhol xabar berishlari lozim.
Belgilangan tartibga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq kishi jarohatlangan guruhli baxtsiz hodisalar, o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir jarohatlar bilan tugagan hamda o‘limga olib kelgan baxtsiz hodisalar alohida maxsus tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Biroq xodimning o‘z joniga qasd qilishi, tabiiy o‘lim, o‘z salomatligiga qasddan zarar yetkazishi yoki jinoyat sodir etish vaqtida olingan jarohatlar ushbu tartibda tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!