Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida aholi vakillari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida chet eldan qaytib, o‘z yurtida o‘z o‘rnini topgan fuqaro bilan bo‘lgan suhbatni alohida e’tirof etdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda bu ayol yuqori daromadli ish bilan ta’minlangan, uning farzandi esa joriy yilda Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga qabul qilingan.
Muloqot chog‘ida Prezident o‘sha uchrashuv tafsilotlarini shunday esga oldi:
“Oddiy bir ayol ko‘z yoshi bilan: “Janob Prezident, Rossiyada ishlab yurganman necha yillardan beri. Ikki nafar farzandim bor, ona bo‘lib o‘zim tarbiyalayapman”, dedi. Uning ko‘zida nur bor edi. Menga aytgan birinchi gapi – “Bu yerda daromadim ancha yuqori”, degani bo‘ldi”.
Shuningdek, davlat rahbari ona va uning farzandi erishgan bu muvaffaqiyat ortidan jamiyatdagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratdi:
“Men undan: “Besh yil oldin farzandingiz o‘qishga kirishiga ishonarmidingiz?” deb so‘radim. Butun zal “Hech qachon bunday bo‘lmagan”, deb javob berdi. Bu islohotlarimizga berilgan xalqning bahosi emasmi?” – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Ushbu voqea yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar oddiy insonlar hayotida o‘z ifodasini topayotganining yaqqol misoli sifatida e’tirof etildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!