$
11973.48 UZS
38.11
₽
146.59 UZS
1.01
€
13436.64 UZS
4.57
31° Kechasi 18°

Fransiyaning “Orano” kompaniyasi O‘zbekistonda uran qazib olishga $500 mln.gacha sarmoya kiritadi

16:15 / 05.11.2023

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyaning “Orano” kompaniyasi O‘zbekistonda uran qazib olish va qayta ishlashga $500 mln.gacha sarmoya kiritadi. Bu haqda “Verona” Yevroosiyo iqtisodiy forumida Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobur Islomov ma’lum qildi.

Vazir mamlakat “Orano” bilan strategik sheriklik to‘g‘risida shartnoma imzolaganini qayd etdi. Fransiya kompaniyasi hozirda geologiya-qidiruv ishlarini olib bormoqda, joriy yil oxirigacha loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqiladi.

“Strategik kelishuvda (Navoiy viloyatining Tomdi tumanidagi) ikkita qo‘shimcha maydonda bo‘lishi ko‘rsatilgan, ularda (Orano) geologik qidiruv ishlarini olib boradi. Barchasi, albatta, texnik-iqtisodiy asoslash hal qilinadi, hozircha hammasi ijobiy ketmoqda. Umumiy sarmoyaning jami hajmi shartnomada $500 mln.gacha qilib belgilangan”, — dedi Islomov.

Vazirning qayd etishicha, uran ishlab chiqarishning mavjud hajmlari allaqachon savdo bozorlarini topgan. Yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan O‘zbekiston narxlar konyunkturasidan kelib chiqib eksport qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, deya qo‘shimcha qildi u.

“Uran bo‘yicha kim bilan ishlashishimizdan qat’iy nazar, biz jahon narxlariga asoslanganmiz. Agar narx ko‘tarilsa, bizda hamma narsa formulalarga bog‘liq va yetkazib berish narximiz ham ko‘tariladi”, — deya xulosa qildi vazir.

Shuningdek, Islomov joriy yilda barcha yo‘nalishlarda uran eksporti oshganini ma’lum qilib, yetkazib berishni diversifikatsiya qilish muhimligini ta’kidladi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning mamlakatga tashrifi doirasida “Orano” O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlari va uran qazib chiqarish sohasida yangi loyihalarni amalga oshirishi ma’lum qilingandi.


Bu ham qiziq

Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan umumiy qiymati 1 milliard 20,6 million sömlik zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiri…
14:24 / 05.11.2026
Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyaning Afyonkarahisar provinsiyasida 5-noyabr kuni sodir etilgan qurolli hujumlar oqibatida sakkiz kişi halok böldi. Hu…
14:45 / 06.11.2026
Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi.…
15:35 / 04.11.2026
Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi 43-maktab va 1-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining şaroiti örganildi. Boğça binosi…
13:35 / 04.11.2026
Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda reklama va aksiyalar doirasida oziq-ovqat, buyum hamda boşqa mahsulotlarni bepul tarqatiş yoki juda arzon narxd…
14:33 / 05.11.2026
Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun ayrim hududlarda yomğir yoğadi, toğli joylarda sel xavfi mavjud

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunnin…
17:22 / 05.11.2026
Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

5-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya axborot xi…
09:25 / 05.11.2026
Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

Buxoro viloyatida xalqaro standartlarga mos, qiymati 300 million dollar bölgan yangi aeroport qurilmoqda. Yangi majmua bir v…
11:44 / 04.11.2026
Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi kutilmoqda

Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi kutilmoqda

Buxoro viloyati iqtisodiyoti joriy yilda ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi, iqtisodiy ösiş esa 10,1 foizni taşkil e…
11:47 / 04.11.2026
Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. 41 yoşli futbo…
16:14 / 05.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!