$
12165.24 UZS
-25.19
159.42 UZS
-2.67
14330.65 UZS
-32.11
31° Kechasi 18°

Ilm-fan bugungacha javobini topa olmagan Qadimgi Misr jumboqlari

11:38 / 01.04.2022

Qadimgi Misr sivilizatsiyasi tarixchilarni koʻp asrlardan beri qiziqtirib keladi. Ammo, ushbu tarixiy hududga doir shunday jumboqlar ham borki, misrshunoslar ularga haligacha javob topa olishmagan.

Tutanxamon qanday oʻlgan?

Qadimgi Misr firʼavni Tutanxamon Xekaiunushema Nebxeprura hukmdorlar orasidagi eng mashhurlaridan biri hisoblanadi. Uning ismi “Janubiy Iunu hukmdori Amonning tirik timsoli” degan maʼnoni beradi. Ammo, Tutanxamonning taqdiri bugungi kunga qadar tarixchilar uchun jumboq boʻlib qolmoqda. Uning qanday oʻlgani borasida haligacha aniq bir qarorga kelinmagan.

Avvaliga Tutanxamonning boshiga bolta bilan urib oʻldirilgani taxmin qilingan. Boisi arxeologlar uning bosh sohasida jarohatlar bor ekanligini qayd etishgan. Keyinchalik ushbu jarohat Tutanxamon oʻlganidan keyin paydo boʻlgani, misrliklar mumiyoga ehtiyotsizlik tufayli zarar yetkazganlari haqidagi versiya kelib chiqqan.

Ayrim tarixchilar esa firʼavnning ovga keta turib, aravadan yiqilgani, aravaning gʻildiraklari ostida qolib kelish natijasida vafot etganini aytishadi.

Taxminlar orasida uni begemot tishlab olgani, kamqonlik va irsiy kasallikdan oʻlgani haqidagi versiyalar ham bor.

Sfinksning burni qayerda?

Sfinks – Misrning bosh timsollaridan biri. Ulkan haykalga oid jumboqlar ham talaygina. Aslini olganda tarixchilar haykalning qanday nomlanganini ham aniq bilishmaydi. Shu tufayli uni yunonlar tomonidan berilgan nom bilan atashadi.

Haykalga qaragan vaqtingizda uning burun qismi yoʻq ekanligiga darrov eʼtibor qilasiz. Haykal firʼavn Xefrenning sharafiga yasalgan, ammo Xefrenning salomatligi hech qanday muammo boʻlmagan. Hukmdor Misrni 24 yil, ayrim manbalarda keltirilishicha 56 yil boshqargan.

Afsonalarning ayrimlarida Sfinksning burnini Napoleonning askarlari urib tushirganlari aytiladi. Arab tarixchisi Al-Markiziy esa haykalning burnini Muhammad Saim ad-Daru ismli shaxs yulib olganini aytadi.

Arxeolog Mark Lener haykal burun qismidan milodiy III-X asr oʻrtalarida judo boʻlgani, uning metall iskana yordamida olib tashlanganini taʼkidlaydi. Bir soʻz bilan aytganda, Sfinksning burnini kim nima maqsadda yulib olgani bugungi kungacha aniqlanmagan.

Zagreb mumiyosi oʻralgan bintda nimalar yozilgan?

1848-yili vengriyalik amaldor Mixaylo Barich Misrga xizmat safari bilan keladi. U Aleksandriyadan ayol kishining mumiyosi solingan sarkofag sotib oladi. Nima uchun deysizmi? Barich sayohatdan oʻzi bilan mana shunday esdalik buyumini olib ketishni istaydi. Sarkofag uzoq vaqt davomida Barichning ish xonasida dekorativ buyum sifatida turadi. Mixayloning oʻlimidan keyin uning akasi Iliya eksponatni Zagreb shahridagi Xorvatiya Davlat muzeyiga topshirib yuboradi. Venalik arxeologlar uni koʻrishlari bilan qanday noyob eksponatga duch kelganlarini darhol tushunadilar.

Тайны Древнего Египта: что написано на бинтах Загребской мумии

Mumiyo oʻralgan bint ustiga etrus tilidagi matnlar yozilgan edi. Bu etrus tilidagi va tarixchilar tomonidan topilgan eng uzun matn hisoblanadi. Ammo, unda aynan nima deb yozilgani haligacha maʼlum emas. Boisi, etrus tili bugungi kunga qadar toʻliq oʻrganib chiqilmagan.

Olimlar matnni tahlil qilib, uning ichidagi alohida soʻzlarnigina tushuna olishgan. Ushbu soʻzlar ilohlarning ismi va sanalarga ishora qiladi. Shu tariqa matnning oʻziga xos taqvim boʻlishi mumkinligi haqidagi taxmin ilgari surilgan.

Bundan tashqari jasadning nima uchun bunday tasmalarga oʻralgani va uning kimga tegishli boʻlgani ham nomaʼlum. Matnlar miloddan avvalgi 250-yilga tegishli, unda keltirilgan mahalliy ilohlar ismi esa oʻsha vaqtlarda Trazimeno koʻli atrofidagi Toskana hududida keng tarqalgan. Mumiyoning qanday qilib Aleksandriyaga kelib qolgani ham tarixchilarni juda qiziqtiradi.


Qiziqarli


														
														JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

JCh-2026 reklama bozori uchun 10,5 milliard dollar daromad keltirishi kutilmoqda

Bu ko‘rsatkich 2022-yil Qatar chempionatiga nisbatan 1,1 foizga yuqori bo‘lsa-da, umumiy ta’sir dinamikasi pasayib borayotga…
18:04 / 21.03.2026

														
														“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

“Safia” bir yilda 1,2 trln so‘m daromad olgan

2025-yili “Safia” brendi ostida faoliyat olib boruvchi “Madina-Qandolat” MChJ 1,2 trln so‘m daromad oldi. Bu haqda iHamkor.u…
15:39 / 19.03.2026

														
														Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Finlandiya sakkizinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi

Tadqiqotda insonlarning hayotdan qoniqish darajasi, ishonch, xavfsizlik va kelajakka ishonch kabi omillar baholangan. Mutaxa…
08:29 / 04.02.2026

														
														ChatGPT Yaponiyadagi kirish imtihonida eng yuqori ballni to‘pladi

ChatGPT Yaponiyadagi kirish imtihonida eng yuqori ballni to‘pladi

Bu haqda SI tizimlarini taqqoslagan LifePrompt kompaniyasi hisobotida qayd etilgan.
16:04 / 22.01.2026

														
														ChatGPT’ning bepul versiyalarida reklamalar paydo bo‘ladi

ChatGPT’ning bepul versiyalarida reklamalar paydo bo‘ladi

OpenAI kompaniyasi ChatGPT chatbotining bepul versiyasi va Go modeliga reklama kiritilishini e’lon qildi. Bu haqda OpenAI ra…
14:17 / 18.01.2026

														
														2026-yilda dunyoning eng boy insonlari ro‘yxati e’lon qilindi

2026-yilda dunyoning eng boy insonlari ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyoning eng boy 20 nafar milliarderining jami sarmoyasi taxminan 3,8 trillion dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich dunyod…
15:45 / 15.01.2026

														
														Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Endi ChatGPT odamlarga ish topishda ko‘maklashadi

Ma’lum bo‘lishicha, yangi funksiya ChatGPT’ni kundalik vazifalarni hal qilishda universal ilovaga aylantirishga qaratilgan n…
17:22 / 14.01.2026

														
														Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Endi foydalanuvchilar Alisaga o‘zbek tilida savol berishlari mumkin va u ruscha yoki o‘zbekcha javob bera oladi.
09:45 / 24.09.2025

														
														Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025

														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

Bu ham qiziq

9 kg ga yaqin opiy musodara qilindi

9 kg ga yaqin opiy musodara qilindi

Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy a…
16:55 / 16.04.2026
Rossiya Ukrainaga raketa hujumlarini uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga raketa hujumlarini uyushtirdi

Kecha tunda Rossiya Ukraina bo‘ylab yirik raketa hujumlarini uyushtirdi. Hujumlar oqibatida Kiyev shahrini quyuq tuman qopla…
15:14 / 16.04.2026
O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda nogironlarini ijti…
10:43 / 18.04.2026
Namanganda tibbiy xizmatlar uchun asossiz to‘lovlar undirilgani ma’lum bo‘ldi

Namanganda tibbiy xizmatlar uchun asossiz to‘lovlar undirilgani ma’lum bo‘ldi

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan asossiz undirilgan 300 million so‘mga yaqin mablag‘larni qayta hisob-…
17:14 / 17.04.2026
Qurilish chiqindilari bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi

Qurilish chiqindilari bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi

Atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish ekologik barqarorlikning muhim shartlaridan biridir.
10:35 / 16.04.2026
Chegara hududida yirik miqdordagi narkotiklar aniqlandi

Chegara hududida yirik miqdordagi narkotiklar aniqlandi

Davlat chegarasini qo‘riqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Farg‘ona viloyatida katta miqdordagi narkotik m…
09:31 / 18.04.2026
O‘zbekiston aholisi 38,4 millionga yaqinlashdi

O‘zbekiston aholisi 38,4 millionga yaqinlashdi

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 382 685 kishini tashkil etdi
16:16 / 16.04.2026
Surxondaryoda mansabdor shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryoda mansabdor shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mansabdor xodimiga nisbatan j…
09:28 / 16.04.2026
Yangiyo‘lda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Yangiyo‘lda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan ayol Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi, 2000-yilda…
16:25 / 17.04.2026
Surxondaryoda o‘tkazilgan media haftalik muvaffaqiyatli yakunlandi

Surxondaryoda o‘tkazilgan media haftalik muvaffaqiyatli yakunlandi

Ushbu loyiha oddiy tadbir emas, balki ishtirokchilar uchun haqiqiy tajriba maydoniga aylandi.
15:07 / 18.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!