Jahon chempionatida 1/8 finalning markaziy bahslaridan birida Braziliya Norvegiyaga yutqazib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Bellashuv boshida Braziliya futbolchisi penaltidan foydalana olmadi. Shundan so‘ng, Holand dubl qayt etdi. Zaxiradan maydonga tushgan Neymar esa penaltidan kiritilgan bir gol bilan unga javob qaytardi.
“Man. Siti” hujumchisi esa turnirdagi gollarini 7 taga yetkazib, to‘purarlar Messi va Mbappe bilan tenglashib oldi.
Shundan so‘ng Angliya turnir mezbonlaridan biri Meksika maydoniga safar qilib, Bellinghemning dubli va Keynning goli evaziga g‘alaba qozondi.
Angliya chorakfinalda Norvegiya bilan ro‘baro‘ keladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!